OFB mobil ilovasi
6 oktabr

Moliyaviy savodxonlik – muvaffaqqiyatli kelajak garovi!

«Orient Finans» banki, yetishib borayotgan avlodni moliyaviy savodxonlikka o‘qitishning ahamiyatidan kelib chiqqan holda, masalaga jiddiy yondoshib, moliya mavzusida ochiq darslar o‘tkazmoqda.

Shu maqsadda, xodimlarimiz Mirobod tumanida joylashgan 158-sonli umumta’lim maktabida navbatdagi «Pul nima, pul to‘plash, oilaviy byudjet, daromadlar va harajatlar» mavzusidagi interaktiv mashg‘ulotni o‘tkazdilar.

Bunday tadbirlar o‘quvchilarning maksimal ishtiroki bilan o'tkazilib, ular moliyaviy mablag'larni to'g'ri boshqarish bo'yicha bilimga ega bo‘lishlariga xizmat qiladi, bu esa ularning hayotida juda foydali bo'ladi.