OFB mobil ilovasi
Bank bilan aloqa
25 iyun

Ҳурматли мижозлар!

MATBUOT RELIZI
"O'zbekistondagi kompaniya va banklarda risk-menejment, komplayens-nazorat va ichki auditning dolzarb holati hamda rivojlanish istiqbollari"

[TOSHKENT, O‘ZBEKISTON – 2025 yil 25 iyun] – Risk-menejment, komplayens-nazorat va ichki audit sohalaridagi yetakchi mutaxassislar Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan yirik konferensiyada ishtirok etdilar. Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi kompaniya va banklarida ushbu yo‘nalishlarning hozirgi holati hamda rivojlanish istiqbollariga bag‘ishlandi. 2025 yil 25 iyun kuni "Orient Finans" bankining Bosh ofisida bo‘lib o‘tgan ushbu tadbirda turli moliyaviy muassasalar va korxonalardan 150 ga yaqin mutaxassis qatnashdi.

Konferensiyaning tashkilotchisi sifatida yaqinda 15 yillik yubileyini nishonlagan "Orient Finans" banki ishtirok etdi. Bankning moliyaviy sohada tajriba va bilim almashish maydonchalarini yaratish borasidagi tashabbuslari O‘zbekiston professional hamjamiyatining rivojlanishiga sodiqligini yana bir bor tasdiqlaydi.

Konferensiya risklarni boshqarish sohasidagi dolzarb masalalarni muhokama qilish va ilg‘or tajribalarni almashish uchun samarali platforma bo‘ldi. Tadbir davomida ishtirokchilar quyidagi mavzularni batafsil ko‘rib chiqdilar:

Zamonaviy sharoitlarda samarali risklarni boshqarish strategiyalari

O‘zbekiston banklari va kompaniyalarida komplayens-nazorat tizimining asosiy jihatlari

Operatsion risklar bilan ishlash tizimini yaratish bo‘yicha amaliy choralar

Kiberxavfsizlik va risklarni kamaytirish masalalari

Risk-menejerning shaffoflik va standartlarga rioya etilishida o‘rni

Ichki auditda xalqaro standartlardan foydalanish

Ichki audit jarayonlarini optimallashtirishda sun’iy intellektdan foydalanish

Konferensiyada O‘zbekistonning yetakchi banklari rahbarlari va yuqori malakali mutaxassislari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki vakili spiker sifatida ishtirok etdilar. Ular interaktiv sessiyalar va panel muhokamalarda o‘z bilim va tajribalari bilan bo‘lishib, auditoriyada katta qiziqish uyg‘otdi. Bunday tashabbuslar banklar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash va moliyaviy sektorning umumiy malaka darajasi hamda barqarorligini oshirishga xizmat qiladi.

SMI uchun aloqa:
Sabina Musaeva: +99890 129 30 00
E-mail: s.musaeva@ofb.uz
XATB “Orient Finans”
Marketing va mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifati nazorati boshqarmasi