OFB mobil ilovasi
Bank bilan aloqa
5 mart

Ҳурматли мижозлар!

“Banklardagi omonatlarni himoya qilish kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilindi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 18 fevral kuni “Banklardagi omonatlarni himoya qilish kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonun imzolandi.
Endilikda kafolatlangan omonat miqdori bir bankda bir omonatchiga 200 mln soʻmni tashkil etadi. Bu talab bankka qoʻyiladigan yangi omonatlarga nisbatan qoʻllaniladi. Agar Sizning banklarda yangi qonun kuchga kirgunga qadar qoʻygan muddatli yoki jamgʻarma omonatingiz boʻlsa, omonatlaringiz miqdoridan qat’i nazar toʻliq kafolatlanadi.
Agarda pulingiz 200 mln soʻmdan kam miqdorni tashkil etadigan boʻlsa, unda omonatingiz toʻliq miqdorda kafolatlanadi.
Endilikda faqat aholining emas, balki tadbirkorlik sub’ektlari, shu jumladan, yakka tartibdagi tadbirkorlarning ham omonatlari kafolatlanadi.

Omonatlarni kafolatlash nima uchun kerak va ularni
ma’lum miqdorda kafolatlashning muhim jihatlari
nimalardan iborat?

Birinchidan, bu omonatchilarni himoya qilish, ya’ni bank tugatilgan taqdirda, omonatchilarga ularning mablagʻlarini qaytarish;
Ikkinchidan, bu banklarni yuqori foiz stavka bilan emas, balki barqaror faoliyat bilan raqobatlashishga undaydi.

Omonat miqdoringiz 200 mln soʻmdan oshsa,
qanday kafolatlanadi?
Kafolatlangan omonat miqdori 200 mln soʻmni tashkil etadi degani, bankka undan koʻproq pul qoʻyish mumkin emasligini anglatmaydi. Aksincha pullarni bankda saqlash, ularni uyda saqlashdan ancha xavfsiz va manfaatli. Omonatni bu miqdorda kafolatlash esa faqatgina bank tugatilgan taqdirdagina qoʻllaniladi, aks holda banklar omonatlar boʻyicha oʻz majburiyatlarini shartnoma asosida bajaraveradi.
Kompensatsiya toʻlab berish muddatlariga toʻxtaladigan boʻlsak: yangi qonun qabul qilinguncha omonatlarni qaytarib berishni boshlash muddati 83 kunni tashkil etgan, endi esa bu muddat 20 ish kunni tashkil etadi va bosqichma bosqich 7 ish kuniga qisqartiriladi. Bu degani Agentlik kompensatsiyani toʻlab berishni boshlashi uchun unga eng uzogʻi bilan 20 ish kuni beriladi, zarur tadbirlar amalga oshirilgan taqdirda, Agentlik ushbu muddatdan ham oldin toʻlab berishi mumkin boʻladi.
“Orient Finans” XATBda ochilgan omonatlar ishonchli himoyalangan, ularning omonatchiga qaytarilishi bankning moliyaviy barqarorligi bilan toʻliq kafolatlangan.