ALOHIDA XABARNOMA
XATB “Orient Finans”ning yillik umumiy aktsiyadorlar yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida
HURMATLI AKTSIYADORLAR!
XATB “Orient Finans” o‘z aktsiyadorlarini 2025-yil 19-iyun kuni soat 10:30 da Bankning Bosh ofisida (manzil: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Osiyo ko‘chasi, 5-uy) 2024-yil yakunlari bo‘yicha yillik hisoboti bilan umumiy aktsiyadorlar yig‘ilishi bo‘lib o‘tishini ma’lum qiladi.
Umumiy yig‘ilish aktsiyadorlarning (yoki ularning vakillarining) birgalikda ishtirok etishi shaklida o‘tkaziladi, ovoz berish esa Kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlangan shakl va matndagi byulletenlar orqali amalga oshiriladi.
Aktsiyadorlarni yillik umumiy yig‘ilish haqida xabardor qilish uchun tuziladigan ro‘yxat 2025-yil 22-may holatiga tuziladi, yig‘ilishda ishtirok etish huquqiga ega aktsiyadorlar ro‘yxati esa 2025-yil 13-iyun holatiga aniqlanadi.
Bankning pochta manzili: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Osiyo ko‘chasi, 5-uy.
Elektron pochta va veb-sayt manzillari:
info@ofb.uz, www.ofb.uz.
KUN TARTIBI:
Bank aktsiyadorlarining umumiy yig‘ilishi hisoblov komissiyasining son va shaxsiy tarkibini tasdiqlash;
Bankning yillik umumiy aktsiyadorlar yig‘ilishini o‘tkazish reglamentini tasdiqlash;
Bankning 2024-yilgi yillik hisobotini tasdiqlash;
Bank Kuzatuv kengashining 2024-yildagi faoliyati yakunlari bo‘yicha hisobotini tinglash;
Bank Boshqaruvi hisobotini tinglash – 2024-yil moliyaviy va xo‘jalik faoliyati natijalari va 2025-yil uchun belgilangan ustuvor vazifalar haqida;
XATB “Orient Finans”ning 2024–2030-yillarga mo‘ljallangan Rivojlanish strategiyasi ijrosining natijalarini ko‘rib chiqish;
Bankning 2024-yil faoliyati bo‘yicha moliyaviy hisobotining auditorlik tekshiruvi natijalariga oid Auditorlik xulosasini ko‘rib chiqish;
Bankda korporativ boshqaruv tizimining baholanishi natijalarini ko‘rib chiqish;
Bankning sof foydasini taqsimlash, shu jumladan 2024-yil natijalari bo‘yicha dividendlar to‘lash;
Bankning “Kutilmagan holatlar” hisobvaraqlarida hisobga olingan umidsiz aktivlarni undirish bo‘yicha ko‘rilgan choralar haqida;
Bank Kuzatuv kengashi a’zolariga mukofot to‘lash;
Bank Boshqaruvi Raisi va a’zolari bilan tuzilgan mehnat shartnomalarini uzaytirish;
2025-yil yakunlari bo‘yicha majburiy auditorlik tekshiruvini o‘tkazish uchun auditorlik tashkilotini, uning xizmatlari uchun to‘lovning eng yuqori miqdorini belgilash va u bilan shartnoma tuzish;
Bankning chiqarilishi e’lon qilingan aksiyalarining maksimal miqdorini oshirish;
Bank Ustaviga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish;
XATB “Orient Finans”ning Ichki nazorat to‘g‘risidagi Nizomining yangi tahririni tasdiqlash;
XATB “Orient Finans” Kuzatuv kengashi a’zolariga to‘lanadigan mukofotlar va kompensatsiyalar tartibi to‘g‘risidagi Nizomning yangi tahririni tasdiqlash;
Bank Kuzatuv kengashi bayonnomalarini tasdiqlash;
Bankning yangi tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash.
• Yillik umumiy aktsiyadorlar yig‘ilishi materiallari bilan tanishish uchun Bankning Bosh ofisiga (Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Osiyo ko‘chasi, 5-uy) murojaat qilishingiz mumkin, tel.: +99871 205-55-55 (ichki raqam: 5505).
• Yig‘ilishda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish 2025-yil 19-iyun kuni soat 10:00 da boshlanadi.
• Ro‘yxatdan o‘tishda aktsiyador o‘zining pasporti yoki O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq boshqa hujjatini taqdim etishi lozim, aktsiyador vakili esa – qonuniy rasmda rasmiylashtirilgan ishonchnomani ham.
XATB “Orient Finans” Kuzatuv kengashi