Sizlarga milliy va xorijiy valyutalarda amalga oshiriladigan operatsiyalar bo‘yicha chakana mijozlarga ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun “Komission to‘lov tariflari”ga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilganini ma’lum qilamiz. Tafsilotlar tegishli bayonnomaning 1-sonli Ilovasida keltirilgan. Bundan tashqari, 2025-yil 20-yanvardagi Moliyaviy qo‘mita bayonnomasining 6-son qarorining ikkinchi bandiga ham o‘zgartirishlar kiritilib, u quyidagi tahrirda bayon etildi: Bepul — CHAKB «Orient Finans» tizimidagi yuridik shaxslar hisob raqamlariga hamyon yoki karta hisobidan rekvizitlar asosida to‘lovlar amalga oshirilganda; 0,3% tranzaksiya summasidan — CHAKB «Orient Finans» tizimidan tashqaridagi yuridik shaxslar hisob raqamlariga hamyon yoki karta hisobidan rekvizitlar asosida to‘lovlar amalga oshirilganda. Yangi shartlar 2025-yil 7-iyuldan kuchga kiradi.