Xususiy aksiyadorlik tijorat banki "Orient Finans" (matnda keyingi o‘rinlarda — CHAKB "Orient Finans") 2016-yil 30-iyundagi Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi bayonnomasiga asosan, 2015-yil 31-dekabrdagi №9 bayonnoma bilan tasdiqlangan Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish bo‘yicha komissiya yig‘ilishi protokoliga muvofiq qabul qilingan Korporativ boshqaruv kodeksi (keyingi o‘rinlarda — Kodeks) tavsiyalariga ixtiyoriy ravishda amal qiladi, bu orqali u halol va shaffof tarzda biznes (bank) faoliyatini yuritishga sodiqligini namoyon etadi.
Kodeksning 11-bandiga muvofiq, agar Kodeksning ayrim tavsiyalariga rioya qilishning imkoni bo‘lmasa, aksiyadorlik jamiyati bu holat sabablarini ommaviy axborot vositalarida xalqaro “rioya qil yoki izoh ber” prinsipiga binoan batafsil ochiqlaydi.
CHAKB "Orient Finans" Kodeksning ayrim tavsiyalariga rioya qilinmaganining sabablarini ochiqlaydi:
Kodeks III bo‘limining 15-bandi:
Ichki nazoratning samarali mexanizmlarini joriy etish maqsadida AJ:
aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida aksiyadorlik jamiyatining joriy xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq bitimlar, affillangan shaxslar va yirik bitimlar bo‘yicha ijroiya organi mustaqil ravishda bitimlar tuzishi mumkin bo‘lgan masalalarni ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi;
Izoh:
2023-yil 12-iyundagi Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi bayonnomasi №1/2023 bilan tasdiqlangan CHAKB “Orient Finans” Ustavida Bankning joriy xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq bitimlar, affillangan shaxslar va yirik bitimlarni ijroiya organ tomonidan mustaqil tarzda amalga oshirilishi uchun ro‘yxati belgilangan. Bank Kuzatuv kengashi tomonidan 2025-yil yakunlari bo‘yicha aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi kun tartibiga affillangan shaxslar va yirik bitimlar ro‘yxatini belgilash va tasdiqlash masalasi kiritiladi.
Kodeks IV bo‘limining 20-bandi:
Aksiyadorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash uchun AJning boshqaruv va nazorat organlari:
minoritariya qo‘mitasining faoliyatini AJ mablag‘lari hisobidan moliyalashtiradi (agar minoritariya qo‘mitasi tashkil etilgan bo‘lsa);
Izoh:
CHAKB “Orient Finans” aksiyadorlari tarkibida minoritariya aksiyadorlar mavjud emas, shu sababli Minoritariya aksiyadorlar qo‘mitasi tashkil etilmagan.
Kodeks VI bo‘limining 25-bandi:
Ijro organi bilan aksiyadorlar va investorlar o‘rtasida samarali o‘zaro aloqani yo‘lga qo‘yish uchun AJning boshqaruv organlari:
Ustavda aksiyadorlar umumiy yig‘ilishini odatda o‘tkaziladigan sanani ko‘rsatib o‘tadi.
Izoh:
2025-yil 19-iyun kuni o‘tkaziladigan Bank aksiyadorlarining 2024-yil yakunlari bo‘yicha yillik umumiy yig‘ilishi kun tartibiga amaldagi Ustavga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish masalasi kiritilgan. Jumladan, Ustavga aksiyadorlar umumiy yig‘ilishini o‘tkazish sanasini belgilashga oid o‘zgartirish kiritiladi.