OFB mobil ilovasi
«Start» modulli kredit
300 mln so'm Kreditning maksimal miqdori
  • Individual yondashuv
    Kelishuv tartibi mijozning talab va xususiyatlaridan kelib chiqqan holda shakllantiriladi
  • Qulay
    Kreditni muddatidan avval qaytarish mumkin
  • Foydali
    Foizlar kredit bo‘yicha haqiqiy qarzdorlik qoldig‘i asosida undiriladi

«Start» modulli kredit

Ish haqi to’lovlarini amalga oshirish, bojxona to’lovlarini amalga oshirish, kommunal to’lovlarni amalga oshirish, sug’urta va notarial to’lovlarni amalga oshirish, yetkazib beruvchilar oldidagi 60 kundan ortiq bo’lmagan kredit qarzdorlikni qoplash.

Kredit muddati
180 kungacha
Foiz stavkasi
25%
Kreditni rasmiylashtirish yo'li
  • Ariza Sayt orqali arizani rasmiylashtiring. Hamkasbimiz sizga qo‘ng‘iroq qiladi va konsultatsiya vaqtini belgilaydi
    Shu kunning o'zida
  • Konsultatsiya

    Bankka hujjatlar bilan keling va mutaxassislar bilan maslahatlashing. Ular sizning ishingizni o'rganib chiqadi va shartnoma tuzishadi

    3 kungacha

  • Kredit oling

    Shartnomaga qo'l qo'yilgandan so'ng pullar hisob-raqamingizga tushadi

    Shu kunning o'zida
Kredit buyurtmasi
Kreditni rasmiylashtirish uchun buyurtmani to`ldiring. Bu 5 daqiqadan ko`p vaqt olmaydi.
Rasmiylashtirish
Yangilash sanasi: 10.07.2020

  • Shartlar
    • Qarz oluvchi
      O’zlarining xo’jalik faoliyatini ro’yxatdan o’tgan vaqtdan boshlab kamida 1 yil mobaynida amalga oshirayotgan O’zbekiston Respublikasininig rezidenti hisoblangan xo’jalik yurituvchi subyeklar
    • Kreditning minimal muddati
      belgilanmagan
    • Asosiy qarzni qaytarish bo’yicha imtiyoz davri
      yo’q
    • Foizlarni to’lash
      Har oyda
    • Asosiy qarzni qaytarish
      Har oyda teng miqdordagi to’lovlarda
    • Kredit ta’minoti
      • Tijoriy ko’chmas mulk shaklidagi ko’chmas mulk garovi (idora binosi, savdo maishiy kompleks va ma’muriy bino);
      • Yengil va yuk avtomashinalari, maxsus texnika shaklidagi ko’char mulk garovi.
    • Ta’minot o’lchami talabi
      Kredit miqdorining 125% idan oz emas, Bank bilan bog’liq shaxslar uchun 130%dan oz emas
    • Qarz oluvchiga qo’yiladigan asosiy shartlar
      • Yaxshi kredit tarixiga ega bo’lish;
      • Pul mablag’larining barqaror kelib turishi;
      • CHAKB «Orient Finans» da birlamchi hisob raqamga ega bo’lish;
      • Zararsiz ishlash va nolikvid balansga ega bo’lish;
      • 2 sinfdan past bo’lmagan kreditga layoqatlilik darajasi;
      • Joriy muddati o’tgan qarzdorlikka ega bo’lmaslik.
    • Kreditning maksimal miqdori
      Qarz oluvchining moliyaviy holatidan kelib chiqqan holda, lekin 300,0 mln. so’mdan ko’p emas
    • Kreditning maksimal muddati
      • Ish haqi to’lovlarini amalga oshirish – 45 kun;
      • Bojxona to’lovlarini amalga oshirish – 60 kun;
      • Kommunal to’lovlarni amalga oshirish – 30 kun;
      • Sug’urta va notarial to’lovlarni amalga oshirish – 30 kun;
      • Yetkazib beruvchilar oldidagi 60 kundan ortiq bo’lmagan kredit qarzdorlikni qoplash – 180 kun.

    • Asosiy qarzni qaytarish bo’yicha muddati o’tgan foiz stavkasi miqdori
      37,5% yillik
  • Kerakli hujjatlar
    Kredit taqdim etishni ko’rib chiqish uchun Bankka taqdim etilishi majburiy bo’lgan hujjatlar ro’yxati
    1. Ariza. Rahbar tomonidan imzolangan va mijozning muhri bilan tasdiqlangan holda - asli
    2. Tashkilotning nizomi va ta’sis hujjatlari (barcha o’zgarishlari bilan), yuridik shaxsning davlat ro’yxatidan o’tganligi haqidagi guvohnomasi - «Nusxa asliga to’g’ri» belgisi bilan nusxa
    3. Imzo namunalari va muhr izlariga ega kartochka (boshqa bank tomonidan xizmat ko’rsatilsa - «Nusxa asliga to’g’ri» belgisi bilan nusxa
    4. Tashkilot boshqaruv organining protokol qarori – kreditni olish uchun, kreditning miqdori, muddatlari, maqsadlari, foizlari yoki olish komissiyalari, taminlash shakli, kredit va boshqa hujjatlarni rasmiylashtirish uchun mas’ul shaxs   ko’rsatilgan holda - asli
    5. Kredit shartnomasini imzolovchi shaxslarning vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar (direktor va bosh hisobchining tayinlanganligi to’g’risidagi buyru’g’I yoki imzo namunalarini ko’rsatgan holda ishonchnoma) - «Nusxa asliga to’g’ri» belgisi bilan nusxa
    6. Eng kamida oxirgi 12 oy davomida xizmat ko’rsatayotgan bankning  ma’lumot berish sanasida kartoteka №2 ning yo’qligi, qarz majbriyatlarining borligi va kredit tarixi haqidagi ma’lumoti (mijozning asosiy hisobraqami boshqa bankda bo’lsa, taqdim etiladi). Ma’lumot, aylanmalar yetarlicha ko’p bo’lgan taqdirda ixtiyoriy holda aylanmalarning elektron variantini taqdim etish mumkin - asli
    7. Tashkilotning oxirgi hisobot davri uchun moliyaviy hisobotlari (№1 va 2 shakl), soliq inspektsiyasi qabul qilganligi haqidagi tasdig’i bilan birga (zarur hollarda tezkor moliyaviy hisobotlar DSIning qabul qilganlik to’g’risidagi tasdig’isiz). Muddati o’tgan debitorlik yoki kreditorlik qarzdorlik mavjud bo’lgan taqdirda kontragentlar kesimida muddatlari va miqdorini ko’rsatgan holda debitorlik yoki kreditorlik qarzdorlikning rasshifrovkasi, muddati o’tgan debitor qarzdorliklar uchun solishtirma dalolatnomalar yoki sud qarorlari - Asli yoki «Nusxa asliga to’g’ri» belgisi bilan nusxa
    8. Biznes-reja, ishlab chiqarish rejasi, moliyaviy reja, bozor holatining tahlili, narx siyosati, loyiha bo’yicha xatarlarni baholash, buyurtmalar portfeli larkibi bo’yicha pul mablag’larining kelib tushish prognozi va tovar/ish/xizmatlar bozorining mavjudligini asoslagan holda batafsil tavsiflar bilan birgalikda - Asli
    9. Kredit mablag’lari hisobiga tovarlar xarid qilish kontrakt/shartnomalari - «Nusxa asliga to’g’ri» belgisi bilan nusxa 
    10. Kredit, lizing, qarz, moliyaviy yordam va boshqalarni olish va qaytarish grafigiga ko’ra kreditni qaytarish sanasi, stavkasi, qaytarish summasi ko’rsatilgan  jadval ko’rinishidagi ma’lumotlar, qaytarishning tegishli shartnoma va grafiklari ilova qilingan holda (mavjud bo’lsa) - Asli
    11. Ta’minot hujjatlari - Bankning so’roviga ko’ra