OFB mobil ilovasi
Mastercard Gold Makro
Oddiy xaridlaringizni Bankning hamkorlarida amalga oshiring va hisoblash davri davomida 5% gacha keshbek oling. Hamkorlar ro'yxati bilan bu yerda tanishishingiz mumkin
  • 0 so'm
    Xizmat uchun abonent to‘lovi
  • Chegirmalar
    Butun dunyo bo‘ylab tovar va xizmatlar uchun maxsus takliflar
  • Bepul Mobil banking, telegram-bot, SMS-xabarnoma, saytdagi shaxsiy kabinet
Moliyaviy erkinlik
Karta bilan hisoblashda chegirmalar, sovg‘alar olish, moda taqdimotlari, ko‘rgazmalar va boshqa madaniy tadbirlar yopilishiga taklifnomalar. Yuqori darajadagi himoya.
0%
Tovar va xizmatlar uchun to‘lov bank tizimida
1,5% Xorijda naqd pul yechish vaqtida

2017-yilda men Vestminster universitetida uchinchi kursda o'qiganman, ta'tilda Work and Travel USA dasturida ishtirok etishga qaror qildim. Ushbu dasturda tanlo`n va tayyorlanish juda qiyin va viza olish ehtimoli 50ga 50 .

Men har qanday natija uchun tayyorlandim, shuning uchun rad etishsa men xafa bo'lmasdim. Kutilgan kun kelib, elchixonaga bordim, natijada konsul o'tganimni tabassum bilan aytdi!

Aviachiptalarga yugurdim, "so'nggi daqiqa"dagisi bor edi, men 5 kun ichida uchishim kerak edi. Keyin plastik karta kerakligini esladim! Vaqt kam. Tezda bankga yugurib borib, kechikishimdan qo'rqqan edim.

Natijada, karta rasmiylashtirish butun jarayoni 15 daqiqa davom etdi va keyingi kun men kartamni oldim, bu Amerikada sayohat qilishimga mening doimiy hamrohim va yordamchimga aylandi.

Kartani rasmiylashtirish yo'li
  • Ariza Saytda ariza qoldiring. Bizning  hamkasbimiz sizga  qo‘ng‘iroq qiladi va shartlarni tushuntiradi
    Shu kunning o'zida
  • Hujjatlar Pasport bilan bankka keling; Xodimlar shu kunning o‘zida kartangizni rasmiylashtirib berishadi Shu kunning o'zida
  • Karta tayyor
    Xodim sizga qo‘ng‘iroq qiladi va siz kartangizni olib ketishingiz mumkin
    1 kundan 3 kungacha
  • Tariflar
    Komissiyalar
    1. Xalqaro plastik kartani chiqarish - 65 000 so'm, QQSni hisobga olgan holda

    2. Qo'shimcha xalqaro plastik kartani chiqarish - Taqdim etilmagan

    3. Yillik abonent to'lovi - Taqdim etilmagan

    Kartani qayta chiqarish
    1. Amal qilish muddati tugagandan so'ng - 65 000 so'm, QQSni hisobga olgan holda
    2. Yo'qotilgan yoki o'g'irlangan taqdirda - 65 000 so'm, QQSni hisobga olgan holda

    3. Kartaning amal qilish muddati - 3 yil

    4. Sug'urta depoziti (hisobning kamaytirilmaydigan qoldig'i) – 0 so'm

    Aylanma tranzaktsiya xizmat xaqi
    1. "Orient Finans" XATB tizimidagi tovarlar va xizmatlar uchun to'lov - 0%
    2. Tovar va xizmatlar uchun to'lovlar O'zbekiston Respublikasi hududida – 0%
    3. Boshqa xalqaro banklar tizimida – 0.5%
    4. Naqd pul echish "Orient Finans" XATB tizimida – 0%

    5. "Humo" terminallari va bankomatlari orqali "Orient Finans" XATB tizimida naqd pul olish – 1,5%

    6. O'zbekiston Respublikasi xududida naqd pul olish – 1,5%

    7. Boshqa xorijiy banklar tizimida naqd pul olish – 1,5%

    8. "Orient Finans" XATB tizimida karta hisob raqamiga naqd pul kirim qilish – 0%

    9. "Orient Finans" XATB tizimida plastik kartani naqd pul bilan to'ldirish – 0%

    10. Plastik kartani zudlik bilan chiqarish (qo'shimcha to'lov) – Bepul

    11. Blankada plastik karta hisobvarag'ining holati to'g'risida ma'lumot berish
      mobil ilovada – 50 000 so'm, shu jumladan QQS
      bank ofislarida – 100 000 so'm, shu jumladan QQS

    12. Karta hisobvarag'idagi aylanmalar to'g'risida ma'lumot berish – 25 000 so'm, shu jumladan QQS

    13. Kartani blokirovka qilish "yo'qotilganda yoki o'g'irlanganda" (Stop listga qo'yish) - 40 000 so'm, shu jumladan QQS

    14. Munozarali tranzaktsiya bo'yicha shikoyat bildirish – 85 000 so'm, shu jumladan QQS

OFB MOBIL ILOVASI
Milliy va xorijiy valyutada debet kartalarga buyurtma bering, shuningdek, virtual kartalar oching