Ipoteka
Har oylik to'lov
Nihoyat arzon ipoteka

Yangi qurilishlardan turar joy sotib olish uchun kreditlar. Uy narxining 25%ini to‘plang, qolganini bank to‘laydi.

10 yilgacha Kredit muddati
26% dan Foizlar stavkasi
25% dan Boshlang‘ich to‘lov
Har safar qarzni to’laganimizda, biz kelajagimiz uchun sarmoya kiritganligimizni his qilamiz.
Madina, iqtidorli yurist 

Biz kvartirani ijaraga olganimizda, byudjetimizning yaxshigina qismi ijaraga sarf qilingan. Qanday afsus o’sha pullarimiz ijarachimizga ketdi.

Xozirgi kunda biz ijaraga emas, balki o’zimizning shaxsiy turar joyimiz uchun to’laymiz. Shunda har safar qarzni to’laganimizda, biz kelajagimiz uchun sarmoya kiritganligimizni his qilamiz.

Biz eng muxim qarorimizni oilamiz uchun uzoq va chuqur o’yladik, va yangi uyimizga ko’chib kirganimizdan umumman afsuslanmadik. Axir har bir kunimiz yaxshi kayfiyatda o’tishi uyning ostonasidan boshlanadi.

"Parkent Village" turar joy kompleksi
Sinalgan yangi uylar Agar siz yangi uylardan kvartira sotib olishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, bizning hamkor qurilish tashkilotlarimizdan kvartira tanlash ishonchli va foydaliroq.
500
Biz mamlakat bo‘ylab besh yuzta yangi uylarni akkreditatsiyadan o‘tkazdik
To'lovlar jadvali

Ishonchli hamkorlar

Biz sizga o‘zimiz akkreditatsiya qilgan yangi qurilishlardan uy tanlash va sotib olishga ko‘maklashamiz. Hamkorlardan sotib olish tezroq va foydaliroq. Zarur hollarda ishonchli sug‘urta kompaniyasini tanlaymiz.
Kreditni rasmiylashtirish yo'li
  • Ariza Sayt orqali arizani rasmiylashtiring. Hamkasbimiz sizga qo‘ng‘iroq qiladi va shartlar bilan tanishtiradi.
    Shu kunning o'zida
  • Hujjatlar Uy tanlash va qurilish tashkiloti bilan dastlabki kelishuv shartnomasi, mustaqil baholash, boshlang‘ich shaxsiy hujjatlar. Sizga bog'liq
  • Bitim
    Bank bilan shu kunning o‘zida kredit bitimini tuzish. Shu kunning o'zida
  • Notarius

    Sertifikatlangan oldi-sotdi shartnomasini notarial ro‘yxatdan o‘tkazish. 1 kun
  • Kadastr
    Kadastr hujjatini rasmiylashtirish. Sizga bog'liq
  • Sug'urta
    Ko‘chmas mulkni sug‘urtalash bo‘yicha shartnoma tuzish. Sizga bog'liq
  • Garov
    Garov hujjatarini rasmiylashtirish. Shu kunning o'zida
  • Sotib olish
    Mablag‘ni qurilish tashkiloti hisob raqamiga o‘tkazish. Shu kunning o'zida
Kredit buyurtmasi
Kreditni rasmiylashtirish uchun buyurtmani to`ldiring. Bu 5 daqiqadan ko`p vaqt olmaydi.
Rasmiylashtirish
  • Kerakli hujjatlar
    Hujjatlar ro'yxati
    1. Ariza
    2. Pasport
    3. Yashash joyidan ma'lumotnoma
    4. Daromad haqida ma'lumotnoma
    5. Ko'chmas mulk sotib olish haqidagi dastlabki shartnoma
    6. Turar joy qiymatining kamida 25% miqdorida dastlabki badal haqida bank ma'lumotnomasi
    7. Mustaqil baholash tashkilotidan turar joyning bozor narhini baholashi
  • Savollar va tafsilotlar
    Ipoteka
    • Ipoteka kreditining maksimal miqdori ?
      qarz oluvchining moliyaviy ahvoli asosida, lekin maksimal kredit miqdori barpo etilayotgan, rekonstruksiya qilingan yoki sotib olingan uy-joylarning bozor qiymatining 65 foizigacha bo'lishi mumkin.
    • Ipoteka krediti muddati?
      Kreditning maksimal muddati - 120 oy.
    • 5 yilgacha bo'lgan muddatli kredit bo'yicha foiz stavkasi

      birinchi to`lov 25% dan kam bo`lmagan taqdirda - yillik 30%.

      birinchi to`lov 40% dan ortiq bo`lgan taqdirda - yillik 26%.

    • 10 yilgacha bo'lgan muddatdagi kredit bo'yicha foiz stavkasi

      birinchi to`lov 25% dan kam bo`lmagan taqdirda - yillik 32%.

      birinchi to`lov 40% dan ortiq bo`lgan taqdirda - yillik 28%.

    • Ipoteka kreditini ta'minot hajmiga talablari
      kredit miqdoridan 125%-dan kam emas
    • Ipoteka krediti ta'minoti
      Kredit mablag'lari hisobiga sotib olingan ko'chmas mulk