OFB mobil ilovasi
6 dekabr

Moliyaviy savodxonlik – har bir inson uchun muhim ko‘nikma

Bolalar pul bilan muloqot qilishga deyarli o‘rgatilmaydigan olamda, moliyaviy savodxonlik bo‘yicha ochiq darslar – farzandingiz xavfsizligi va qulay hayotining asoslaridan biridir.

Shuni e’tiborga olgan holda, «Orient Finans» bank muntazam ravishda bankka oid turli mavzularda interaktiv mashg‘ulotlarni o‘tkazib kelmoqda.

Kuni-kecha, xodimlarimiz «Bank omonatlari» mavzusidagi ochiq darsni Mirzo Ulug’bek tumanidagi 71-sonli umumta’lim maktabida o‘tkazdilar. ⠀

Mashg’ulotda o’quvchilar banklarda omonat ochish, ularning shartlarini o’rganish, byudjetni tuzish va pul mablag’larini sarf qilishni o’rgandilar.

Umid qilamizki, bu bilimlar ularga foyda keltirib, katta hayotda yordam beradi.