OFB mobil ilovasi

Komplaens-nazorat menejeri

Hurmatli «Orient Finans» Bankining mijozlari va xodimlari!

Komplaens-nazorat menedjeri sahifasiga xush kelibsiz!

“Orient Finans” XATBning Komplaens-nazorat tizimi to‘g‘risida Nizomiga asosan, Komplaens-nazorat tizimi bu “Orient Finans” XATB tizimida mehnat faoliyatini olib borayotgan barcha xodimlar, tashkil etilgan kollegial organlar tomonidan amaldagi qonunchilik talablariga rioya qilinishi, qabul qilingan ichki me'yoriy hujjatlar (tartib, siyosat, nizom va boshqalar)ga amal qilinishi, bank faoliyatini olib borishda yuzaga kelgan yoki kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarni oldini olish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshiriladigan hatti-harakatlar kompleksidan iboratdir. Bankda komplaens-nazorat tizimining asosiy maqsadi tizimdagi barcha xodimlar va kollegial organlar faoliyatini Bankning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadi yo‘lida birlashtirish, Bank va uning filiallarida amaldagi qonunchilik hujjatlari va bank ichki me'yoriy hujjatlariga qat'iy rioya etilishini ta'minlash, Bank faoliyati davomida qonunbuzilish holatlarini oldini olish, xodimlarda korrupsiyaga bo‘lgan nafrat hissini oshirish va korrupsiyaga qarshi kurashish borasida ularning bilimlarini oshirishdir. Bankda komplaens-nazoratini amalga oshirishga javobgar bo‘lib bevosita Bankning Kuzatuv kengashiga bo‘ysunuvchi, komplaens-nazoratni amalga oshirishga mas'ul bo‘lgan Bankning mustaqil tarkibiy bo‘linmasi - Komplaens-nazorat boshqarmasi hisoblanadi.

Hurmatli Bank mijozlari!

Agar Siz Bankning xodimlari tomonidan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilganligini guvohi bo‘lsangiz yoki korupsiyaga sabab bo‘luvchi xolatlar va sharoitlar haqida ogohlantirmoqchi bo‘lsangiz quyidagi elektron arizani to‘ldirgan xolda Komplaens-nazorat menedjeriga murojaat qilishingiz mumkin. Bu xizmat korrupsion xarakatlarning har qanday ko‘rinishini oldini olishdan manfaatdor bo‘lgan ham jismoniy, ham yuridik shaxslar uchun tashkil etilgandir.

Hurmatli Bank xodimlari!

Agar Siz o‘z ish faoliyatingizda “manfaatlar to‘qnashuviga” duch kelsangiz zudlik bilan quyidagi elektron arizani to‘ldirgan xolda (yoki telefon orqali) bu haqida komplaens-nazorat menedjerini xabardor qilishingiz lozim bo‘ladi. Komplaens-nazorat menedjeri murojaatingizni o‘rganib chiqib tegishli qaror qabul qiladi.
ESLATMA: “manfaatlar to‘qnashuvi” - shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorlik bank xodimining mansab yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga ta'sir ko‘rsatayotgan yoxud ta'sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan Bankning huquqlari va qonuniy manfaatlari o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyatdir.

Mijozlardan murojaatlar shaxsni oshkor qilgan xolda yoki anonim tarzda qabul qilinadi. Bank murojaatlarni barchasini ko‘rib chiqilishini kafolatlaydi. Ammo lekin, anonim tarzda yuborilgan murojaatlarga qayta aloqa qilish imkoniyati yo‘q bo‘lgani uchun, bunday xolatlarda Bank arizachiga javob berishi yoki har tomonlama o‘rganib chiqishi uchun qo‘shimcha ma'lumot talab qila olmaydi.

Murojaatlar maxfiyligi kafolatlanadi!
Diqqat! O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 237-moddasiga binoan, yolg‘on ma'lumot berish, ya'ni bila turib yolg‘on xabar berish uchun jinoiy javobgarlik ko‘zda tutilgan.

«ORIENT FINANS» XATB korrupsiyaning barcha turi va ko‘rinishlariga qarshi!

Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar va manfaatlar to‘qnashuvi xolatlari bo‘yicha Komplaens-nazorat menedjeriga murojaat qiling!

To’ldirilgan ma’lumotni electron pochta negatives@ofb.uz manziliga yuborishingizni so’raymiz.
Qo’shimcha ravishda xujjat, foto, pasport nusxasini va boshqa ma'lumotlarni (majburiy emas) yuborishingiz mumkin.

Sizning xabaringiz tegishli ravishda o‘rganilib, ko‘rilgan chora haqida Sizga xabar beriladi.

Anketani yuklab olish