Ikkilamchi bozor uchun ipoteka
Boshlang‘ich badal qancha yuqori bo‘lsa, stavka shuncha past
Yiliga 26%
sotib olinadigan uy-joy qiymatining kamida 30% miqdoridagi boshlang‘ich badal bilan
Yiliga 24%
sotib olinadigan uy-joy qiymatining kamida 40% miqdoridagi boshlang‘ich badal bilan
Kredit qiymatini hisoblang
Hisoblash natijalari
* Dastlabki hisob-kitob axborot xususiyatiga ega bo‘lib, ommaviy oferta hisoblanmaydi. Kredit berishning yakuniy shartlari, shu jumladan foiz stavkasi Bank tomonidan ariza ko‘rib chiqilgandan keyin yakka tartibda belgilanadi.
| Oy | To'lov | Foizlar | Asosiy qarz | Qoldiq |
|---|---|---|---|---|
| Jami | — |
| Sug'urta xarajatlari | |
| Garov baholash xarajatlari | |
| Notarial xarajatlar | |
| Boshqa xarajatlar | |
Kreditning asosiy shartlari toʻgʻrisidagi axborot
VARAQASI*
Tijorat bankining nomi, | "Orient Finans" XATB, ofb.uz, Aloqa markazi: 71 200 88 99, qisqa 4004 | |||||||||||||||||||||||||||||
1-boʻlim. Kredit boʻyicha maʼlumotlar
1. Kreditning turi - Ipoteka | ||||||||||||||||||||||||||||||
2. Kreditning maqsadi | Ikkilamchi bozorda xonadon yoki xususiy uy sotib olish, shuningdek uy-joy qurish yoki rekonstruksiya qilish. | |||||||||||||||||||||||||||||
3. Kreditning maqsadi | loan_amount so'm | |||||||||||||||||||||||||||||
4. Kreditdan foydalanish muddati | loan_term oy | |||||||||||||||||||||||||||||
5. Kreditdan foydalanish muddati davomidagi foiz stavkasi (nominal miqdorda) va ushbu foiz miqdori boʻyicha toʻlanishi lozim boʻlgan summa | interest_rate % overpayment so'm | |||||||||||||||||||||||||||||
6. Kreditning toʻliq foydalanish muddati davomida toʻlanadigan jami summa | ||||||||||||||||||||||||||||||
7. Kreditning imtiyozli davri (agar mavjud boʻlsa) | grace_period | |||||||||||||||||||||||||||||
8. Toʻlovlarning davriyligi (har oyda, har chorakda va h.k.) | har oyda | |||||||||||||||||||||||||||||
9. Kreditni soʻndirish usuli | payment_type | |||||||||||||||||||||||||||||
10. Toʻlovlarning davrida bir martalik toʻlov summasi: | monthly_payment (oraliq toʻlovlaridan eng koʻp miqdordagi toʻlov) | |||||||||||||||||||||||||||||
11. Kreditni ajratish shakli | __ | |||||||||||||||||||||||||||||
12. Kredit bilan bogʻliq qoʻshimcha xarajatlar, jumladan (agar bunday xarajatlar mavjud boʻlsa): | user_expenses_total (kreditning toʻliq muddatiga pul koʻrinishida, jami) | |||||||||||||||||||||||||||||
Turlari boʻyicha bankning komissiya va yigʻimlari (alohida koʻrsatilsin) | 0 so'm (kreditning toʻliq muddatiga pul koʻrinishida, jami) | |||||||||||||||||||||||||||||
uchinchi shaxslar xizmati (alohida koʻrsatilsin) | 0 so'm (kreditning toʻliq muddatiga pul koʻrinishida, jami) | |||||||||||||||||||||||||||||
13. Kreditning toʻliq qiymati (nominal foiz stavkasini va kreditga xizmat koʻrsatish xarajatlarini oʻz ichiga oladi) | psk_sum so'm | |||||||||||||||||||||||||||||
14. Kredit olish boʻyicha taqdim qilingan arizani koʻrib chiqish muddati | 3 bank ish kunigacha | |||||||||||||||||||||||||||||
2-boʻlim. Boshqa moliyaviy majburiyatlar bilan bogʻliq muhim shartlar
1. Kredit boʻyicha qarzdorlik oʻz vaqtida soʻndirilmaganligi uchun shartnomada koʻzda tutilayotgan toʻlashi lozim boʻlgan neustoyka (jarima, penya) (agar bunday shart mavjud boʻlsa) | Shartnomada ko‘zda tutilmagan | |||||||||||||||||||||||||||||
2. Kredit boʻyicha qarzdorlik oʻz vaqtida soʻndirilmaganligi uchun kredit summasidan toʻlanadigan oshirilgan foiz stavkasi miqdori | Kredit bo‘yicha asosiy qarzni qaytarish muddati buzilgan taqdirda, Qarz oluvchi/Birgalikda qarz oluvchi Bankka kechiktirilgan butun davr uchun kredit shartnomasida belgilangan asosiy foiz stavkasidan 1,5 baravar yuqori miqdorda foiz to‘laydi. | |||||||||||||||||||||||||||||
3. Kreditning taʼminoti | Kredit mablag‘lari hisobiga sotib olinadigan ko‘chmas mulk; • Agar sotib olinayotgan mol-mulk talablarga javob bermasa, qarz oluvchi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bank talablarini qanoatlantiruvchi qo‘shimcha ta’minotni taqdim etadi; Ta’minotning umumiy summasi kredit summasining kamida 125 foizini tashkil etishi kerak. Ta’minot quyidagi talablarga javob berishi kerak: Garovga qo‘yilmasligi kerak; Yuqori likvidlikka ega bo‘lish; Uzoq saqlanish xususiyatiga ega bo‘lmoq. Ko‘chmas mulk o‘ziga biriktirilgan yerdan foydalanish huquqi bilan birga garovga qo‘yilishi kerak; Qonunchilik talablari va bankning ichki qoidalariga muvofiq. | |||||||||||||||||||||||||||||
Kredit olishga rozi boʻlishdan oldin diqqat bilan oʻrganib chiqing!
Siz bankdan kredit shartlari va qiymati, to‘lovlar va hisob-kitoblar tartibi (foizlar, jarimalar va penyalar), kredit shartnomasi bo‘yicha huquq va majburiyatlaringiz, kredit shartnomasi doirasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tavakkalchiliklar va majburiyatlar, shuningdek, o‘zingizga tushunarsiz bo‘lgan boshqa masalalar bo‘yicha to‘liq va batafsil ma’lumot olish huquqiga egasiz.
E’tirozlar paydo bo‘lgan taqdirda, Siz 71 200 88 99 telefoniga yoki 4004 qisqa raqamiga yoxud O‘zbekiston, Toshkent shahri, 100052, Osiyo ko‘chasi, 5-uy manziliga yoki info@ofb.uz elektron pochta manziliga murojaat qilishingiz mumkin.
AXBOROT VARAQASINING TOʻGʻRILIGI | ||
Elektron shaklda to‘ldirilgan | current_date | |
(bank mutaxassisining F.I.Sh. va lavozimi) | (toʻldirilgan sana) |
* Mazkur varaqa kredit shartnomasi yoki kredit olish uchun buyurtmanoma oʻrnini bosmaydi, aksincha turli banklarning kreditlash shartlarini taqqoslashga va kerakli tanlovni amalga oshirishga yordam beradi.
Ipoteka uchun qanday ariza topshirish mumkin
Saytda arizani to‘ldiring
Kredit parametrlari va asosiy ma’lumotlarni kiriting — bu bir necha daqiqa vaqt oladi.
Bank qarorini kuting
Bank arizani ko‘rib chiqadi va qaror hamda shartlar bilan SMS yuboradi.
Rasmiylashtirishni yakunlang
Shartnomani imzolang va tanlangan omborxona yoki avtoturargoh uchun ipotekani rasmiylashtiring.
Formani to‘ldiring va javob oling
|
Kredit maqsadi |
Ikkilamchi bozorda xonadon yoki xususiy uy sotib olish, shuningdek uy-joy qurish yoki rekonstruksiya qilish. |
|
Kredit obyekti |
Ikkilamchi bozordagi turar joy ko‘chmas mulki — xonadonlar va xususiy uylar. |
|
Daromad talablari |
So‘nggi 6 oy davomida tasdiqlangan barqaror daromad mavjudligi. |
|
Kredit summasi |
1 000 000 000 so‘mgacha. Kredit summasi sotib olinadigan uy-joyning bozor qiymatining 70%idan oshmaydi. |
|
Boshlang‘ich badal |
Uy-joy qiymatining 30%idan. |
|
Muddati |
240 oygacha (20 yilgacha). |
|
Imtiyozli davr |
Asosiy qarzni to‘lash bo‘yicha 3 oygacha. |
|
Foiz stavkasi |
— boshlang‘ich badal 30%dan bo‘lganda yiliga 26%; — boshlang‘ich badal 40%dan bo‘lganda yiliga 24%. |
|
To‘lov |
Oylik |
|
Jadval |
Mijoz tanloviga ko‘ra annuitet yoki differensial. |
|
Ta’minot |
Kredit mablagʻlari hisobidan sotib olinadigan koʻchmas mulk. Shuningdek, „ORIENT FINANCE“ XATBda boshqa kreditlar boʻyicha garov bilan yuklatilgan (uning boʻsh qiymati doirasida navbatdagi garovni rasmiylashtirish sharti bilan) boshqa koʻchmas mulk. Bunda Bank „E-BAHOLASH“ mustaqil baholash kompaniyasi sayti orqali bozor qiymatini qayta baholash hamda garovga qoʻyilayotgan mulk qiymatini kelishish dalolatnomasini tuzish yoʻli bilan uni mustaqil ravishda diskontlash huquqini oʻzida saqlab qoladi. Qonunchilikda belgilangan tartibda bank talablariga javob beradigan qoʻshimcha boshqa taʼmino |
|
Pasport yoki ID-karta; |
|
Sotib olinadigan ko‘chmas mulkka oid hujjatlar; |
|
Daromadni tasdiqlovchi hujjatlar; |
|
Boshqa hujjatlar — bank talablariga muvofiq. |
Kreditni ikkilamchi bozordan xonadon yoki xususiy uy sotib olish, shuningdek yakka tartibdagi uy-joyni qurish yoki rekonstruksiya qilish uchun rasmiylashtirish mumkin.
Maksimal kredit miqdori — 1 mlrd so‘mgacha. Bunda kredit summasi sotib olinayotgan uy-joyning bozor qiymatining 70%idan oshmasligi kerak.
Ipoteka kreditini 240 oygacha, ya’ni 20 yilgacha bo‘lgan muddatga rasmiylashtirish mumkin
Foiz stavkasi boshlang‘ich to‘lov miqdoriga bog‘liq:
boshlang‘ich to‘lov 30% dan — yillik 26%;
boshlang‘ich to‘lov 40% dan — yillik 24%.
Minimal boshlang‘ich to‘lov ikkilamchi bozordan sotib olinayotgan uy-joyning shartnoma qiymatining 30%ini yoki uy-joy rekonstruksiya qilinayotganda loyiha smetasi summasining 30%ini tashkil etadi.
Ha. Asosiy qarzni so‘ndirish bo‘yicha 3 oygacha imtiyozli davr ko‘zda tutilgan.
Kreditni ariza topshirish vaqtida 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari rasmiylashtirishi mumkin.
Ipotekani rasmiylashtirish uchun oxirgi 6 oy davomida tasdiqlangan barqaror daromadga ega bo‘lish talab etiladi.
Dastur bo‘yicha ikkilamchi bozordan xonadon yoki xususiy uy sotib olish mumkin.
Ha. Ipoteka kreditidan yakka tartibdagi uy-joyni qurish yoki rekonstruksiya qilish uchun foydalanish mumkin.
Ikkilamchi bozordan uy-joy sotib olish uchun quyidagilar talab etiladi:
pasport yoki ID-karta;
uy-joy oldi-sotdi shartnomasi.
Quyidagi hujjatlarni taqdim etish kerak:
pasport yoki ID-karta;
qarz oluvchining yer uchastkasiga umrbod egalik qilish huquqini tasdiqlovchi hujjat;
yakka tartibdagi uy-joyni qurish yoki rekonstruksiya qilish smetasi;
pudratchi tashkilot bilan tuzilgan shartnoma;
qurilish materiallarini xarid qilish bo‘yicha shartnomalar.
Ha. Arizani OFB saytida kredit parametrlari va asosiy ma’lumotlarni ko‘rsatgan holda to‘ldirish mumkin. Bank arizani ko‘rib chiqqach, qaror va kredit shartlarini SMS orqali yuboradi.
Kredit arizasini ko‘rib chiqish muddati — 3 bank ish kunigacha.
Annuitet yoki differensial to‘lov jadvalini tanlash mumkin. To‘lovlar har oy amalga oshiriladi.
Asosiy ta’minot sifatida kredit mablag‘lari hisobidan sotib olinayotgan ko‘chmas mulk qabul qilinadi. Zarur hollarda qarz oluvchi bank talablariga javob beradigan qo‘shimcha ta’minot taqdim etadi. Ta’minotning umumiy qiymati kredit summasining kamida 125%ini tashkil etishi kerak.
Ha. OFBdagi boshqa kreditlar bo‘yicha garovda turgan ko‘chmas mulkdan ham uning bo‘sh qiymati doirasida navbatdagi garovni rasmiylashtirish sharti bilan foydalanish mumkin.
Ta’minot likvid, uzoq muddat saqlashga yaroqli hamda qonunchilik va bankning ichki talablariga mos bo‘lishi kerak. Ko‘chmas mulk unga biriktirilgan yer uchastkasidan foydalanish huquqi bilan birga garovga rasmiylashtiriladi.
Axborot varaqasida bank komissiyalari va yig‘imlari 0 so‘m, uchinchi tomon xizmatlari uchun to‘lov ham 0 so‘m deb ko‘rsatilgan. Shu bilan birga, sug‘urta, notarial xizmatlar, garovni baholash va boshqa qo‘shimcha xarajatlar bo‘lishi mumkin.
Ipoteka sahifasidagi kredit kalkulyatorida ko‘chmas mulk qiymati, boshlang‘ich to‘lov, kredit muddati, imtiyozli davr va to‘lov turini ko‘rsatish, shuningdek qo‘shimcha xarajatlarni hisobga olish mumkin. Hisob-kitob dastlabki bo‘lib, yakuniy shartlar bank tomonidan ariza ko‘rib chiqilgandan so‘ng belgilanadi.
Shartnomada alohida jarima sanksiyasi ko‘zda tutilmagan. Asosiy qarzni qaytarish muddati buzilganda, muddati o‘tgan qarz summasiga butun kechikish davri uchun asosiy foiz stavkasining 1,5 baravari miqdorida foiz hisoblanadi.
Bank xizmatlari uchun navbatni band qilish
Mijozlarimiz vaqtini rejalashtirishi va qulaylik uchun OFB bank xizmatlarini ko'rsatish navbatini onlayn band qilishni taklif etadi.