Sayt sinov rejimida ishlamoqda.
OFB Express

OFB Express

Qayta tiklanuvchi kredit liniyasini ochish orqali beriladigan kredit
1 mlrd so‘mgacha
Miqdor
36 oygacha
Muddati
24 % dan
Stavka
Har qanday maqsad uchun qayta tiklanuvchi limit

Limiti qayta tiklanadigan kredit

Naqd pulda

Bank kassasida mablag‘ olish — hisob-kitoblar va tezkor xaridlar uchun qulay

Moslashuvchan qaytarish shartlari

Asosiy qarz bo‘yicha 6 oygacha imtiyozli davr bilan

Ishonchli hamkor

Shaffof shartlar va kreditni qulay olish

Kreditni hisoblamoq

сум
сум
сум
сум
сум

Hisoblash natijalari

Stavka
Boshlang'ich to'lov
Oylik to'lov
Kredit summasi
TKK (PSk) %

* Dastlabki hisob-kitob axborot xususiyatiga ega bo‘lib, ommaviy oferta hisoblanmaydi. Kredit berishning yakuniy shartlari, shu jumladan foiz stavkasi Bank tomonidan ariza ko‘rib chiqilgandan keyin yakka tartibda belgilanadi.

Oy To'lov Foizlar Asosiy qarz Qoldiq
Jami —

Sug'urta xarajatlari
Garov baholash xarajatlari
Notarial xarajatlar
Boshqa xarajatlar

Kreditga qanday ariza topshirish

01

Saytda arizani to‘ldiring

Onlayn ariza qoldiring — tafsilotlarni aniqlashtirish uchun siz bilan bog‘lanamiz.

02

Hujjatlarni taqdim eting

Arizani ko‘rib chiqish uchun zarur hujjatlarni taqdim eting.

03

Qarorni oling

Qabul qilingan qaror va kredit shartlari haqida sizga xabar beramiz.

Arizani onlayn to‘ldiring va eng qisqa muddatda konsultatsiya oling

Kreditlash shartlari

Kredit maqsadi

Aylanma mablag‘larni istalgan maqsadlar uchun to‘ldirishga;

Qarz oluvchilar

O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar (yakka tartibdagi tadbirkorlar, kichik va o‘rta biznes subyektlari);

Miqdor

  • Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab 12 oydan kam muddat davomida xo‘jalik faoliyatini yuritayotgan qarz oluvchilar uchun — yillik aylanmaning 30%igacha, biroq 500 mln so‘mdan oshmagan miqdorda;

  • Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab 12 oydan ortiq muddat davomida xo‘jalik faoliyatini yuritayotgan qarz oluvchilar uchun — yillik aylanmaning 50%igacha, biroq 750 mln so‘mdan oshmagan miqdorda;

  • Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab 36 oydan ortiq muddat davomida xo‘jalik faoliyatini yuritayotgan qarz oluvchilar uchun — yillik aylanmaning 60%igacha, biroq 1 000 mln so‘mdan oshmagan miqdorda.

    *Pul mablag‘lari aylanmasi faoliyatning so‘nggi 12 oyi uchun hisoblanadi (faqat faoliyatdan olingan tushum hisobga olinadi).

Valyuta

Milliy valyutasi - so‘m.

Ajratish shakli

  • Milliy valyutada naqd pul shaklida — pul mablag‘larini Qarz oluvchining ssuda hisobvarag‘idan Bankning chiqim kassasi hisobvarag‘iga o‘tkazish hamda keyinchalik belgilangan tartibda Bank kassasi orqali Qarz oluvchiga naqd pul mablag‘larini berish yo‘li bilan;

  • Milliy valyutada naqdsiz shaklda — pul mablag‘larini Qarz oluvchining ssuda hisobvarag‘idan Qarz oluvchining asosiy hisob-kitob hisobvarag‘iga belgilangan tartibda o‘tkazish yo‘li bilan;

  • Milliy valyutada naqdsiz shaklda — pul mablag‘larini Qarz oluvchining ssuda hisobvarag‘idan sotuvchining hisob-kitob hisobvarag‘iga belgilangan tartibda o‘tkazish yo‘li bilan.

Muddati

36 oygacha;

Imtiyozli davr

12 oygacha.

Stavka

24% dan.

Talablar

  • Yaxshi kredit tarixiga ega bo‘lish;

  • Barqaror pul tushumlariga ega bo‘lish;

  • Asosiy hisobvarag‘i «Orient Finans» XATBda yuritilishi;

  • Zararsiz faoliyat yuritish va nolikvid balansga ega bo‘lmaslik;

  • Kreditga layoqatlilik reytingi «BBB»dan past bo‘lmasligi;

  • Joriy muddati o‘tgan qarzdorlik mavjud bo‘lmasligi.

Maxsus shartlar

  • Kredit ikkilamchi hisobvaraq orqali ajratilgan taqdirda, amaldagi foiz stavkasi 3 (uch) foiz bandiga oshiriladi.

  • Biznes-reja taqdim etish talab etilmaydi. Bunda Qarz oluvchi kreditni so‘ndirish manbalari ko‘rsatilgan pul mablag‘lari harakati hisob-kitobini (Cash Flow) taqdim etishi shart.

  • Mazkur kredit mahsuloti doirasida kredit ajratishning barcha shartlarini aks ettirgan holda 36 (o‘ttiz olti) oygacha bo‘lgan muddatga bosh kredit kelishuvini tuzishga ruxsat etiladi.

  • Kredit mablag‘laridan maqsadli foydalanish monitoringi amalga oshirilmaydi.

  • Qarz oluvchining moliyaviy ko‘rsatkichlari salbiy bo‘lgan taqdirda, majburiyatlarning bajarilishi ko‘char va (yoki) ko‘chmas mulk garovi bilan ta’minlangan holda kredit ajratishga ruxsat etiladi. Bunda foiz stavkasi kredit muddatiga qarab 2 (ikki) foiz bandiga oshiriladi.