Mastercard Black Edition
To‘lovlardan tashqariga chiqadigan imtiyozlar
Qulay sayohatlar
Butun dunyo aeroportlaridagi LoungeKey biznes zallariga kirish - parvozni qulay kutish uchun
Fast Track va ustuvor xizmat
Aeroportlarda navbatsiz o‘tish va sayohatlarda ustuvor servis
24/7 konsyerj xizmati va kengaytirilgan sug‘urta
Safarlarda shaxsiy yordam, jumladan xalqaro sayohat sug’urtasi
Eksklyuziv takliflar va bonuslar
Dunyo bo‘ylab hamkorlardan chegirmalar, maxsus takliflar va keshbek, imtiyoz dasturlari va lifestyle-takliflar
Vaqt sinovidan o‘tgan ishonchlilik
Orient Finans Bank kartasi — kundalik moliyaviy ishlarda ishonchli hamkoringiz
Karta oddiy to‘lovlardan ko‘prog‘ini ochganda:
OFB kassasi orqali yechib olish uchun komissiya
Amal qilish muddati
Kartani chiqarish narxi
Qisqa arizani to‘ldiring va bankka bormasdan karta oling
Mastercard Black Edition
Kartani chiqarish uchun ariza
|
Parametr |
Shatr |
|---|---|
|
Karta turi |
Mastercard Black Edition |
|
Amal qilish muddati |
3 yil |
|
Chiqarish narxi |
100 000 so‘m |
|
Depozit |
50 AQSh dollari |
|
Abonent to‘lovi |
Oyiga 3 AQSh dollari |
|
Chet elda naqd pul yechish komissiyasi |
1,5% gacha |
|
OFB tarmog‘ida xizmatlar uchun to‘lov va naqd pul yechish komissiyasi |
0% |
|
Boshqa bank kartalariga (VISA, UPI, MC) AQSh dollarida / yevroda / so‘mda pul o‘tkazmalari |
1% |
Asosiy farq — premium imtiyozlar soni va xizmat ko‘rsatish narxida
Mastercard Black Edition kartasi orqali LoungeKey biznes-zallaridan yiliga 10 martagacha va Fast Track xizmatidan yiliga 10 martagacha foydalanish mumkin. Mastercard World Elite kartasi esa har ikkala xizmatdan cheksiz foydalanish imkoniyatini taqdim etadi
Mastercard Black Edition kartasini chiqarish narxi 100 000 so‘m, oylik xizmat ko‘rsatish to‘lovi 3 AQSH dollarini tashkil etadi
Mastercard World Elite kartasini chiqarish narxi esa 200 000 so‘m, oylik xizmat ko‘rsatish to‘lovi 5 AQSH dollarini tashkil etadi
Depozit — kartani rasmiylashtirish vaqtida karta hisobvarag‘iga joylashtiriladigan mablag‘
U kartani chiqarish yoki oylik xizmat ko‘rsatish uchun olinadigan to‘lov hisoblanmaydi
Depozitni qaytarish shartlari bank bilan tuzilgan shartnomada belgilanadi
Aeroportdagi LoungeKey dasturida mavjud biznes-zallardan birini tanlang va kirishda Mastercard Black Edition kartangizni taqdim eting
Karta orqali biznes-zallarga yiliga 10 martagacha bepul kirish imkoniyati mavjud
Ha, agar tanlangan biznes-zal qoidalarida hamrohlarga ruxsat berilgan bo‘lsa, oila a’zolaringiz bilan birga kirishingiz mumkin
Biroq hamrohlarning tashrifi uchun qo‘shimcha to‘lov undirilishi mumkin
Fast Track — aeroportda umumiy navbatda turmasdan, nazorat jarayonlaridan tezlashtirilgan tartibda o‘tish imkonini beruvchi xizmat
Ushbu xizmatdan foydalanish uchun Fast Track mavjud bo‘lgan aeroportni tanlash va Mastercard Travel Pass orqali o‘tishni rasmiylashtirish kerak
Mastercard Black Edition kartasi orqali yiliga 10 martagacha Fast Track xizmatidan foydalanish mumkin
Mastercard Black Edition kartasi xorijiy sayohatlar davomida sug‘urta himoyasini, jumladan, tibbiy yordam va kutilmagan holatlar bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash imkoniyatini taqdim etadi
Sug‘urta qoplamasi miqdori va sug‘urta hodisalari ro‘yxati Mastercard dasturi shartlariga muvofiq belgilanadi
Oila a’zolari uchun sug‘urta qoplamasi quyidagicha:
Turmush o‘rtog‘i uchun — sug‘urta limitlari doirasida xavflarning 100% qoplanishi
Farzandlar, ota-onalar, enagalar va yordamchilar uchun — sug‘urta limitlari doirasida 25% qoplama
Hozirda Mastercard Black Edition karta egalari uchun yangi Customer Support Center xizmati mavjud
Ushbu xizmat Mastercard mahsulotlari, xizmatlari va maxsus takliflari bo‘yicha barcha savollarga javob olish imkonini beradi
Mijozlar o‘zlariga qulay bo‘lgan Telegram yoki WhatsApp messenjerlari orqali rus yoki ingliz tillarida murojaat qilishlari mumkin
Mastercard Black Edition kartasi orqali dastur hamkorlaridan xaridlar va xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshiring
Chegirma yoki keshbek miqdori tanlangan maxsus taklif va uning shartlariga bog‘liq
OFB mobil ilovasida Mastercard MoneySend xizmati orqali boshqa Mastercard kartalariga pul o‘tkazish mumkin
Buning uchun qabul qiluvchining karta ma’lumotlarini va o‘tkazma summasini kiritish kifoya
Mastercard Black Edition kartasini OFB mobil ilovasida so‘mdagi kartadan mablag‘larni konvertatsiya qilish orqali to‘ldirish mumkin
Mablag‘lar bankning amaldagi valyuta kursi bo‘yicha konvertatsiya qilinib, kartaga o‘tkaziladi