Sayt sinov rejimida ishlamoqda.
OFB Cash

OFB Cash

Aylanma mablag‘larni naqd pul shaklda to‘ldirish uchun kredit
5 mlrd so‘mgacha
Miqdor
60 oygacha
Muddati
23 % dan
Stavka
400 ming AQSh/yevro gacha
Miqdor
12 % dan
Stavka
Tez aylanmali biznes uchun

Naqd pulda tezkor moliyalashtirish

Naqd pulda

Bank kassasida mablag‘ olish — hisob-kitoblar va tezkor xaridlar uchun qulay

Moslashuvchan qaytarish shartlari

Asosiy qarz bo‘yicha 6 oygacha imtiyozli davr bilan

Ishonchli hamkor

Shaffof shartlar va barcha bosqichlarda biznesni qo‘llab-quvvatlash

Kreditni hisoblamoq

сум
сум
сум
сум
сум

Hisoblash natijalari

Stavka
Boshlang'ich to'lov
Oylik to'lov
Kredit summasi
TKK (PSk) %

* Dastlabki hisob-kitob axborot xususiyatiga ega bo‘lib, ommaviy oferta hisoblanmaydi. Kredit berishning yakuniy shartlari, shu jumladan foiz stavkasi Bank tomonidan ariza ko‘rib chiqilgandan keyin yakka tartibda belgilanadi.

Oy To'lov Foizlar Asosiy qarz Qoldiq
Jami —

Sug'urta xarajatlari
Garov baholash xarajatlari
Notarial xarajatlar
Boshqa xarajatlar

Kreditga qanday ariza topshirish

01

Saytda arizani to‘ldiring

Onlayn ariza qoldiring — tafsilotlarni aniqlashtirish uchun siz bilan bog‘lanamiz.

02

Hujjatlarni taqdim eting

Arizani ko‘rib chiqish uchun zarur hujjatlarni taqdim eting.

03

Qarorni oling

Qabul qilingan qaror va kredit shartlari haqida sizga xabar beramiz.

Arizani onlayn to‘ldiring va eng qisqa muddatda konsultatsiya oling

Kreditlash shartlari

Kredit maqsadi

Aylanma mablag‘larni naqd pul shaklda to‘ldirish uchun kredit;

Qarz oluvchilar

O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab kamida 6 (olti) oy davomida xo‘jalik faoliyatini yuritayotgan hamda faoliyati O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasidagi naqd pul mablag‘laridan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar;

Miqdor

  • Milliy valyutada 5,0 mlrd so‘mgacha;

  • 400 ming AQSh dollari/yevro gacha.

Valyuta

  • Milliy valyuta — so‘m;

  • Chet el valyutasi — AQSh dollari/yevro.

Ajratish shakli

Bank kassasi orqali naqd pul shaklda;

Muddati

60 oygacha;

Imtiyozli davr

  • Kredit muddati 12 oygacha bo‘lsa — 6 oygacha;

  • Kredit muddati 24 oygacha bo‘lsa — 9 oygacha;

  • Kredit muddati 36 oygacha bo‘lsa — 12 oygacha;

  • Kredit muddati 60 oygacha bo‘lsa — 18 oygacha.

Stavka

Kredit milliy valyutada ajratilganda:

  • 12 oygacha — yillik 23%dan boshlab;

  • 13 oydan 24 oygacha — yillik 24%dan boshlab;

  • 25 oydan 36 oygacha — yillik 25%dan boshlab;

  • 37-oydan boshlab — yillik 26%dan boshlab.

Kredit chet el valyutasida ajratilganda:

  • 12 oygacha — yillik 12%dan boshlab;

  • 13 oydan 24 oygacha — yillik 13%dan boshlab;

  • 25 oydan 36 oygacha — yillik 14%dan boshlab;

  • 37-oydan boshlab — yillik 15%dan boshlab.

Talablar

  • Ijobiy kredit tarixiga ega bo‘lishi (agar mavjud bo‘lsa);

  • So‘nggi 6 oy davomida barqaror pul tushumlariga ega bo‘lishi;

  • Asosiy hisobvarag‘i «Orient Finans» XATBda xizmat ko‘rsatilishi;

  • Zararsiz faoliyat yuritishi va nolikvid balansga ega bo‘lmasligi;

  • Kreditga layoqatlilik reytingi “BBB”dan past bo‘lmasligi;

  • Joriy muddati o‘tgan qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi.

Maxsus shartlar

  • Kredit ikkilamchi hisobvaraq orqali ajratilgan taqdirda, amaldagi foiz stavkasi 3 (uch) foiz bandiga oshiriladi.

  • Biznes-reja taqdim etish talab etilmaydi. Bunda Qarz oluvchi kreditni so‘ndirish manbalari ko‘rsatilgan pul mablag‘lari harakati hisob-kitobini (Cash Flow) taqdim etishi shart.

  • Mazkur kredit mahsuloti doirasida kredit ajratishning barcha shartlarini aks ettirgan holda 60 (oltmish) oygacha bo‘lgan muddatga bosh kredit kelishuvini tuzishga ruxsat etiladi.

  • Kredit mablag‘laridan maqsadli foydalanish monitoringi amalga oshirilmaydi.

  • Qarz oluvchining moliyaviy ko‘rsatkichlari salbiy bo‘lgan taqdirda, majburiyatlarning bajarilishi ko‘char va (yoki) ko‘chmas mulk garovi bilan ta’minlangan holda kredit ajratishga ruxsat etiladi. Bunda foiz stavkasi kredit muddatiga qarab 2 (ikki) foiz bandiga oshiriladi.

  • Agar Qarz oluvchi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab 6 (olti) oydan kam muddat davomida xo‘jalik faoliyatini yuritayotgan bo‘lsa, kredit faqat ko‘char va (yoki) ko‘chmas mulk garovi ta’minoti ostida ajratiladi. Bunda foiz stavkasi kredit muddatiga qarab 1 (bir) foiz bandiga oshiriladi.