Yashil ipoteka
Qulaylik va tejamkorlik
01. Energiya tejamkor ta’mirlash uchun kredit
Yashil ipoteka uy-joyning energiya samaradorligini oshirish uchun mo‘ljallangan: issiqlik izolyatsiyasi, deraza va eshiklarni almashtirish, zamonaviy qozonlar va quyosh panellarini o‘rnatish.
02. Boshlang‘ich badalsiz
Yashil ipotekani rasmiylashtirish uchun boshlang‘ich badal talab etilmaydi — qo‘shimcha jamg‘armalarsiz ta’mirlashni boshlashingiz mumkin.
03. Yakuniy stavka - 19%
Stavkaning 4% Energiya samaradorligi agentligi hisobidan qoplanadi.
Kredit qiymatini hisoblang
Hisoblash natijalari
* Dastlabki hisob-kitob axborot xususiyatiga ega bo‘lib, ommaviy oferta hisoblanmaydi. Kredit berishning yakuniy shartlari, shu jumladan foiz stavkasi Bank tomonidan ariza ko‘rib chiqilgandan keyin yakka tartibda belgilanadi.
| Oy | To'lov | Foizlar | Asosiy qarz | Qoldiq |
|---|---|---|---|---|
| Jami | — |
| Sug'urta xarajatlari | |
| Garov baholash xarajatlari | |
| Notarial xarajatlar | |
| Boshqa xarajatlar | |
Kreditning asosiy shartlari toʻgʻrisidagi axborot
VARAQASI*
Tijorat bankining nomi, | "Orient Finans" XATB, ofb.uz, Aloqa markazi: 71 200 88 99, qisqa 4004 | |||||||||||||||||||||||||||||
1-boʻlim. Kredit boʻyicha maʼlumotlar
1. Kreditning turi - Ipoteka | ||||||||||||||||||||||||||||||
2. Kreditning maqsadi | Uy-joyni energiya tejamkor ta’mirlash — issiqlik izolyatsiyasi, deraza va eshiklarni almashtirish, zamonaviy qozonlar, quyosh panellari va boshqa energiya tejovchi yechimlarni o‘rnatish. Uy-joy qurilishi va rekonstruksiyasi nazarda tutilmagan. | |||||||||||||||||||||||||||||
3. Kreditning maqsadi | loan_amount so'm | |||||||||||||||||||||||||||||
4. Kreditdan foydalanish muddati | loan_term oy | |||||||||||||||||||||||||||||
5. Kreditdan foydalanish muddati davomidagi foiz stavkasi (nominal miqdorda) va ushbu foiz miqdori boʻyicha toʻlanishi lozim boʻlgan summa | interest_rate % (foiz koʻrinishida) overpayment so'm | |||||||||||||||||||||||||||||
6. Kreditning toʻliq foydalanish muddati davomida toʻlanadigan jami summa | ||||||||||||||||||||||||||||||
7. Kreditning imtiyozli davri (agar mavjud boʻlsa) | grace_period | |||||||||||||||||||||||||||||
8. Toʻlovlarning davriyligi (har oyda, har chorakda va h.k.) | har oyda | |||||||||||||||||||||||||||||
9. Kreditni soʻndirish usuli (annuitet usulida (teng miqdorlarda), differensial usulida) | payment_type | |||||||||||||||||||||||||||||
10. Toʻlovlarning davrida bir martalik toʻlov summasi: annuitet usulida differensial usulida | monthly_payment (oraliq toʻlovlaridan eng koʻp miqdordagi toʻlov) | |||||||||||||||||||||||||||||
11. Kreditni ajratish shakli (mahsulot/xizmat taʼminotchisi hisobvaragʻiga pul oʻtkazish, naqd pul, bank kartasiga oʻtkazish, va h.k.) | __ | |||||||||||||||||||||||||||||
12. Kredit bilan bogʻliq qoʻshimcha xarajatlar, jumladan (agar bunday xarajatlar mavjud boʻlsa): | user_expenses_total (kreditning toʻliq muddatiga pul koʻrinishida, jami) | |||||||||||||||||||||||||||||
Turlari boʻyicha bankning komissiya va yigʻimlari (alohida koʻrsatilsin) | 0 so'm (kreditning toʻliq muddatiga pul koʻrinishida, jami) | |||||||||||||||||||||||||||||
uchinchi shaxslar xizmati (alohida koʻrsatilsin) | 0 so'm (kreditning toʻliq muddatiga pul koʻrinishida, jami) | |||||||||||||||||||||||||||||
13. Kreditning toʻliq qiymati | psk_sum so'm | |||||||||||||||||||||||||||||
14. Kredit olish boʻyicha taqdim qilingan arizani koʻrib chiqish muddati | 3 bank ish kunigacha | |||||||||||||||||||||||||||||
2-boʻlim. Boshqa moliyaviy majburiyatlar bilan bogʻliq muhim shartlar
1. Kredit boʻyicha qarzdorlik oʻz vaqtida soʻndirilmaganligi uchun shartnomada koʻzda tutilayotgan toʻlashi lozim boʻlgan neustoyka (jarima, penya) (agar bunday shart mavjud boʻlsa) | Shartnomada ko‘zda tutilmagan | |||||||||||||||||||||||||||||
2. Kredit boʻyicha qarzdorlik oʻz vaqtida soʻndirilmaganligi uchun kredit summasidan toʻlanadigan oshirilgan foiz stavkasi miqdori | Kredit bo‘yicha asosiy qarzni qaytarish muddati buzilgan taqdirda, Qarz oluvchi/Birgalikda qarz oluvchi Bankka kechiktirilgan butun davr uchun kredit shartnomasida belgilangan asosiy foiz stavkasidan 1,5 baravar yuqori miqdorda foiz to‘laydi. | |||||||||||||||||||||||||||||
3. Kreditning taʼminoti | Kredit mablag‘lari hisobidan ta’mirlangan ko‘chmas mulk; Ta’minotning umumiy summasi kredit summasining kamida 135 foizini tashkil etishi kerak; Ta’minot quyidagi talablarga javob berishi kerak: Garovga qo‘yilmasligi kerak; Yuqori likvidlikka ega bo‘lish; Uzoq vaqt saqlash xususiyatiga ega bo‘lishi; Ko‘chmas mulk o‘ziga biriktirilgan yerdan foydalanish huquqi bilan birga garovga qo‘yilishi kerak; Qonunchilik talablari va bankning ichki qoidalariga muvofiq. | |||||||||||||||||||||||||||||
Kredit olishga rozi boʻlishdan oldin diqqat bilan oʻrganib chiqing!
Siz bankdan kredit shartlari va qiymati, to‘lovlar va hisob-kitoblar tartibi (foizlar, jarimalar va penyalar), kredit shartnomasi bo‘yicha huquq va majburiyatlaringiz, kredit shartnomasi doirasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tavakkalchiliklar va majburiyatlar, shuningdek, o‘zingizga tushunarsiz bo‘lgan boshqa masalalar bo‘yicha to‘liq va batafsil ma’lumot olish huquqiga egasiz.
E’tirozlar paydo bo‘lgan taqdirda, Siz 71 200 88 99 telefoniga yoki 4004 qisqa raqamiga yoxud O‘zbekiston, Toshkent shahri, 100052, Osiyo ko‘chasi, 5-uy manziliga yoki info@ofb.uz elektron pochta manziliga murojaat qilishingiz mumkin.
AXBOROT VARAQASINING TOʻGʻRILIGI | ||
Elektron shaklda to‘ldirilgan | current_date | |
(bank mutaxassisining F.I.Sh. va lavozimi) | (toʻldirilgan sana) |
* Mazkur varaqa kredit shartnomasi yoki kredit olish uchun buyurtmanoma oʻrnini bosmaydi, aksincha turli banklarning kreditlash shartlarini taqqoslashga va kerakli tanlovni amalga oshirishga yordam beradi.
Ipoteka uchun qanday ariza topshirish mumkin
Saytda arizani to‘ldiring
Kredit parametrlari va asosiy ma’lumotlarni kiriting — bu bir necha daqiqa vaqt oladi.
Bank qarorini kuting
Bank arizani ko‘rib chiqadi va qaror hamda shartlar bilan SMS yuboradi.
Rasmiylashtirishni yakunlang
Shartnomani imzolang va tanlangan xonadon uchun ipotekani rasmiylashtiring.
Formani to‘ldiring va javob oling
|
Kredit maqsadi |
Uy-joyni energiya tejamkor ta’mirlash — issiqlik izolyatsiyasi, deraza va eshiklarni almashtirish, zamonaviy qozonlar, quyosh panellari va boshqa energiya tejovchi yechimlarni o‘rnatish. Uy-joy qurilishi va rekonstruksiyasi nazarda tutilmagan. |
|
Kredit obyekti |
Ko‘p kvartirali uylardagi xonadonlar va xususiy turar joy uylari. |
|
Qarz oluvchi / hamqarz oluvchi |
Ariza topshirish sanasida 18–60 yoshdagi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari. |
|
Kredit tarixi |
Kreditlar bo‘yicha 30 kundan ortiq muddati o‘tgan qarzdorlik bo‘lmasligi kerak. Kredit tarixi ijobiy bo‘lishi lozim. |
|
Daromad talablari |
So‘nggi 9 oy davomida barqaror daromad mavjudligi. |
|
Qarz yuklamasi |
Barcha kreditlar bo‘yicha oylik to‘lovlarning umumiy summasi daromadning 50%idan oshmasligi kerak. |
|
Boshlang‘ich to'lov |
Talab etilmaydi. |
|
Kredit summasi |
Toshkent shahrida 350 mln so'm Boshqa viloyatlarda 250 mln so'm. |
|
Muddati |
7 yilgacha. |
|
Foiz stavkasi |
yillik 23%, shundan 19% qarz oluvchi hisobidan qoplanadi. 4% - Energiya samaradorligi milliy agentligi hisobidan. (5 yil mobaynida) |
|
To‘lov |
Oylik |
|
Jadval |
Kredit shartnomasi shartlariga bog‘liq holda annuitet yoki differensial. |
|
Berish shakli |
Mijozning „Orient Finance“ XATB tizimida ochilgan plastik kartasiga oʻtkazib berish. Bunda mijoz qonunchilikda belgilangan tartibda garovga qoʻyilayotgan mulk qiymatini kelishish dalolatnomasining smetasida koʻrsatilgan zarur xizmatlar/materiallar/qurilmalar uchun haq toʻlash maqsadida kredit mablagʻlarini naqdlashtirishi mumkin boʻladi |
|
Ta’minot |
OSB va OʻKTIU kredit mablagʻlari hisobidan taʼmirlanadigan koʻchmas mulk. Kredit mablagʻlari bankning oʻz mablagʻlari hisobidan taqdim etilgan taqdirda, „ORIENT FINANCE“ XATBda boshqa kreditlar boʻyicha garov bilan yuklatilgan boshqa koʻchmas mulk ham (uning boʻsh qiymati doirasida navbatdagi garovni rasmiylashtirish sharti bilan) taʼminot sifatida ishtirok etishi mumkin. Bunda Bank „EBAHOLASH“ mustaqil baholash kompaniyasi sayti orqali bozor qiymatini qayta baholash hamda qonunchilikda belgilangan tartibda garovga qoʻyilayotgan mulk qiymatini kelishish dalolatnomasini tuzish yoʻli bilan uni mustaqil ravishda diskontlash huquqini oʻzida saqlab qoladi |
|
Ta’minot miqdoriga qo‘yiladigan talablar |
Kredit summasining kamida 125 foizi miqdorida |
|
Ko‘chmas mulkni sug‘urtalash |
Ko‘chmas mulkni garov qiymatidan kam bo‘lmagan miqdorda sug‘urtalash |
|
Imtiyozli davr |
Nazarda tutilmagan |
|
Pasport yoki ID-karta; |
|
Ko‘chmas mulkka oid hujjatlar; |
|
Ta’mirlash smetasi; |
|
Daromadni tasdiqlovchi hujjatlar. |
Kredit uy-joyni energiya tejamkor ta’mirlash uchun mo‘ljallangan: issiqlik izolyatsiyasi, deraza va eshiklarni almashtirish, zamonaviy qozonlar, quyosh panellari va boshqa energiya tejovchi yechimlarni o‘rnatish. Dastur doirasida uy-joy qurish yoki rekonstruksiya qilish ko‘zda tutilmagan.
Maksimal kredit miqdori hududga bog‘liq:
Toshkent shahrida — 350 mln so‘mgacha;
O‘zbekistonning boshqa hududlarida — 250 mln so‘mgacha.
«Yashil ipoteka»ni 7 yilgacha bo‘lgan muddatga rasmiylashtirish mumkin.
Nominal foiz stavkasi yillik 23%ni tashkil etadi. Bunda 19% qarz oluvchi tomonidan to‘lanadi, 4% esa 5 yil davomida Energiya samaradorligi milliy agentligi tomonidan qoplanadi.
Yo‘q. Dastur bo‘yicha boshlang‘ich to'lov talab etilmaydi.
Kredit ko‘p qavatli uylardagi xonadonlar va xususiy uylarni energiya tejamkor ta’mirlash uchun beriladi.
Kreditni ariza topshirish vaqtida 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari rasmiylashtirishi mumkin.
Kreditni rasmiylashtirish uchun kamida oxirgi 9 oy davomida barqaror daromadga ega bo‘lish talab etiladi.
Ha. Kredit norasmiy daromad manbaiga ega o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga ham berilishi mumkin. Qo‘shimcha daromadlarni tasdiqlash uchun tegishli hujjatlar va ma’lumotlar, jumladan faol bank kartasining oxirgi 6 oydagi aylanmalari taqdim etilishi mumkin.
Qarz oluvchining kreditlar bo‘yicha 30 kundan ortiq muddati o‘tgan qarzdorligi bo‘lmasligi, kredit tarixi esa ijobiy bo‘lishi kerak.
Barcha kreditlar bo‘yicha oylik to‘lovlarning umumiy miqdori qarz oluvchi daromadining 50%idan oshmasligi kerak.
Quyidagi hujjatlar talab etiladi:
pasport yoki ID-karta;
ko‘chmas mulk hujjatlari;
daromadni tasdiqlovchi hujjatlar.
Kredit mablag‘lari mijozning OFBda ochilgan plastik kartasiga o‘tkaziladi. Mablag‘lardan smetada ko‘rsatilgan xizmatlar, materiallar va uskunalar uchun to‘lov qilishda foydalanish mumkin.
Kredit ta’minoti sifatida kredit mablag‘lari hisobidan ta’mirlanayotgan ko‘chmas mulk qabul qilinadi. Rasmiy daromadga ega mijozlar uchun ta’minot qiymati kredit summasining kamida 135%ini, o‘zini o‘zi band qilgan va qo‘shimcha daromadi tasdiqlangan mijozlar uchun esa kamida 155%ini tashkil etishi kerak.
Ha. Ko‘chmas mulk garov qiymatidan kam bo‘lmagan miqdorda sug‘urta qilinishi kerak.
Yo‘q. «Yashil ipoteka» bo‘yicha imtiyozli davr ko‘zda tutilmagan.
Kredit shartlariga qarab annuitet yoki differensial to‘lov jadvalini tanlash mumkin. To‘lovlar har oy amalga oshiriladi.
Axborot varaqasida bank komissiyalari va yig‘imlari 0 so‘m ekani ko‘rsatilgan. Shu bilan birga, sug‘urta, notarial xizmatlar, garovni baholash va boshqa qo‘shimcha xizmatlar uchun xarajatlar bo‘lishi mumkin.
Ha. Arizani OFB saytida to‘ldirish mumkin. Bank arizani ko‘rib chiqqach, qaror va kredit shartlarini SMS orqali yuboradi. Ijobiy qarordan so‘ng rasmiylashtirishni yakunlash va kredit shartnomasini imzolash kerak.
Arizani ko‘rib chiqish muddati — 3 bank ish kunigacha.
Shartnomada alohida neustoyka ko‘zda tutilmagan. Asosiy qarzni qaytarish muddati buzilganda, muddati o‘tgan qarz summasiga butun kechikish davri uchun asosiy foiz stavkasining 1,5 baravari miqdorida foiz hisoblanadi.