OFB mobil ilovasi
Bank bilan aloqa

Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish

Nizolarni hal etish tartibi

“Orient Finans” XATB (Bank) o‘z mijozlariga sifatli bank xizmatlarini ko‘rsatish, mijozlarning talablarini to‘liq qanoatlantirish, mijozlar bilan nizo va kelishmovchiliklar yuzaga kelmaslik uchun barcha imkoniyatlarni ishga soladi.

Mijozlarga bank xizmati, xususan kreditlar bo‘yicha xizmat ko‘rsatayotganda Bank halollik, shaffoflik, ishonchlilik, sherikchilik munosabatlari, iqtisodiy manfaatlar va imkoniyatlarni hisobga olish tamoyillariga rioya qiladi.

Agar, o‘zaro tuzilgan shartnomalar bo‘yicha nizo va kelishmovchiliklar yuzaga kelsa, ularni do‘stona muzokaralar yo‘li bilan hal etilishi uchun Bank barcha harakatlarni amalga oshiradi. Mijoz o‘z majburiyatlarini, shu jumladan ajratilgan kredit (mikroqarz) bo‘yicha to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirimaganda, Bank bunday mijozlarga belgilangan tartibda bu haqda xabar beradi va yozma talabnoma yuboradi.

Nizo va kelishmovchiliklarni hal qilish uchun mijozlar va ularning vakillari bilan uchrashuv va muzokaralar Bank tomonidan ular uchun qulay vaqtda tashkil etiladi. Uchrashuv tegishli Bank mutaxassislari ishtirokida (masala qaysi biznes yo‘nalishiga taaluqligiga qarab) o‘tkaziladi. Har bir uchrashuv va muzokaralar natijalari bo‘yicha bayonnoma rasmiylashtiriladi va u ishtirokchilar tomonidan imzolanadi.

Agar uchrashuv va muzokaralar natijalarida nizo va kelishmovchiliklar hal qilinmasa, Tomonlar o‘zaro maqbul yechimga erishish uchun mediasiya o‘tkazish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bo‘linmalariga murojaat qilishlari mumkin.

Agar Bank va mijoz do‘stona muzokaralar yoki mediasiya yo‘li bilan nizo yoki kelishmovchilikni hal qilishga erisha olmasalar, tomonlar amaldagi qonunchilikka asosan tegishli sudlarga da'vo arizasi bilan murojaat qilishlari mumkin. Ajratilgan kredit (mikroqarz) bo‘yicha qarzdorlikni undirish bo‘yicha Bank tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sud buyrug‘ini olish uchun arizalar kiritilishi mumkin. Nizo va kelishmovchiliklarni hal etishning aniq tartibi Bank va uning mijozlari o‘rtasida tuzilgan tegishli shartnomalarda belgilanadi.



Jismoniy va yuridik shaxslarning murojatlari to'g'risida O'zbekiston Respublikasining qonuni

«Bank xizmatlari iste’molchilari bilan o‘zaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklarining faoliyatiga qo‘yiladigan minimal talablar to‘g‘risida»

ro‘yxat raqami 3030, 2018-yil 2-iyul

Bank xodimlarining noo‘rin hatti-harakatlarini oldini olish, o‘z vaqtida ularni bartaraf etish va tegishli choralarni ko‘rish maqsadida, noo‘rin xatti-harakatlar yuzasidan Bankning elektron pochta manziliga ilovada keltirilgan shaklda ma'lumotnoma yuborishingizni so‘raymiz.

Sizning xabaringiz tegishli ravishda o‘rganilib, ko‘rilgan chora haqida Sizga xabar beriladi.

Anketani yuklab olish