OFB mobil ilovasi

Кo’p berilayotgan savollar va javoblar

  • Bankdan olingan kreditni qaytarish muddatini uzaytirish mumkinmi?
    O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Bank nazorat qo‘mitasining 2020 yil 7 apreldagi 213/1-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 apreldagi PF-5978-sonli Farmoni talablaridan kelib chiqib, bank tizimida amalga oshiriladigan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qaroriga asosan karantin davrida moliyaviy qiyinchilikka yengillik berish maqsadida 2020 yil 1 apreldan 2020 yil 1 oktyabrga qadar kredit ta'tillari e'lon qilingan. Xozirgi kunda karantin cheklovlari yumshatilganligi va hukumat tomonidan ajratilgan kredit mablag‘larining qaytarish muddatini uzaytirish yuzasidan qo‘shimcha ko‘rsatmalar mavjud emasligi sababli, shartnoma shartlariga va kredit to‘lovi grafigiga asosan kredit to‘lovlari belgilangan muddatda amalga oshirilishi lozim.
  • Garovsiz kredit rasmiylashtirish mumkinmi?
    «Orient Finans» XATB kredit siyosatiga asosan kredit ta'minotiga taqdim qilinayotgan likvidli mol-mulk kredit summasi 125 foizidan kam bo‘lmasligi lozim, qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda garov rasmiylashtirilgandan so‘ng kredit mablag‘lari bank tomonidan ajratiladi.
  • Bankomat orqali plastik kartadan naqd pul yechib olish jarayonida bankomat plastik kartadan pulni yechib olib, naqd pul chiqarib bermadi. Mazkur holatda qanday yo‘l tutish lozim?
    Texnik xatolik yuzaga kelishi oqibatida bankomat plastik kartadagi pul mablag‘ini yechib olib, naqd pul chiqarib bermaslik holatlari kuzatilsa, mijozlar pul mablag‘ini plastik kartaga qaytarish bo‘yicha bankomat tegishli bo‘lgan Bankning filialiga shaxsni tasdiqlovchi tegishli hujjat bilan murojaat qilishlari lozim.
  • Bankomatlar orqali plastik kartadan naqd pul olinganda banklar foiz belgilashga haqlimi?
    Banklar tomonidan bankomatlarni naqd pullar bilan ta'minlash bo‘yicha ushbu xarajatlarni qoplagan holda, ma'lum miqdorda foyda olish maqsadida komission to‘lovlar belgilashga haqli.
    Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunining 62-moddasiga asosan kreditlar, depozitlar bo‘yicha foiz stavkalari, bank operatsiyalariga oid vositachilik haqi miqdori bank tomonidan mustaqil belgilanishi ko‘rsatib o‘tilgan.
  • Men bank kartamdan to‘lov tashkilotlaridan birining mobil ilovasi orqali adashib o‘zimga tegishli bo‘lmagan boshqa telefon raqamiga to‘lovni amalga oshirdim, endi pulimni bank kartamga qaytarishning iloji bormi?
    Banklar va/yoki to‘lov tashkilotlarining mobil ilovalari orqali har qanday xizmat uchun to‘lovni amalga oshirishdan oldin to‘lov uchun asos bo‘lgan ma'lumotlarning to‘g‘riligini tasdiqlash so‘raladi. To‘lovchining xatosi tufayli amalga oshirilgan noto‘g‘ri to‘lov bo‘yicha javobgarlik to‘lovchi zimmasida qoladi va pul mablag‘larini to‘g‘ri telefon raqamiga o‘tkazish masalasiga aniqlik kiritish uchun to‘lovni qabul qiluvchiga, ya'ni uyali aloqa operatoriga murojaat qilishingiz mumkin.
  • Yo‘qolgan kartam bank tomonidan bloklangangandan keyin topildi. Nima qilish kerak?
    Bunday hollarda karta ochilgan bank filialiga shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat bilan murojaat qilishingiz va kartani blokdan chiqarish uchun ariza berishingiz kerak.
  • Bank kartasi yo‘qolib qolsa, nima qilish kerak?
    Bunday holda bankning karta ochilgan filialiga bank kartasining yo‘qolganligi to‘g‘risida xabar berilishi kerak. Bank mijozni lozim darajada tekshirgandan (identifikasiyadan) so‘ng bank kartasi bloklanadi. Keyinchalik yo‘qolgan bank kartasini o‘rniga yangi bank kartasini ochish uchun bankka ariza yuborishingiz (qoldirishingiz) kerak.
  • Qanday qilib SMS-xabarnomani bank kartasiga ulashim mumkin?
    Uzcard to‘lov tizimining bank kartasiga SMS-xabarnomani bankda yoki bankomatda, HUMO to‘lov tizimining bank kartasiga esa karta ochilgan bank filialida ulash mumkin.
  • Bank plastik kartasini masofadan turib ochish mumkinmi?
    Ha mumkin. Kerakli hujjatlarni «Orient Finans» XATBning rasmiy veb-sayti orqali yuborilgan taqdirda hamda bankning mobil ilovasi (OFB) orqali buyurtma berish yo‘li bilan plastik kartani masofadan ochish mumkin.
  • «Orient Finans» XATBda xodimlarni ishga qabul qilishda qanday shartlar mavjud?
    Bank Boshqaruvi tomonidan tasdiqlangan «Orient Finans» Xususiy aksiyadorlik tijorat bankiga xodimlarni jalb qilish, ishga qabul qilish va lavozimlarda pog‘onama-pog‘ona ko‘tarish bo‘yicha ichki Tartibiga asosan fuqarolar ishga qabul qilinadi.