OFB mobil ilovasi

Tashqi iqtisodiy faoliyat

2011 yil 4 apreldagi XATB Orient Finans va Alliance Factors Service MChJ (Moskva, Rossiya) o'rtasida tuzilgan 2011 yil 29 martdagi UZ-10-11 shartnomasiga binoan o'rnatish-sozlash ishlari olib borildi SWIFT AllianceEntry. SWIFT CODE ORFBUZ22

Orient Finans XATB tomonidan yuridik shaxslarga (korporativ mijozlarga) xorijiy valyutadagi xizmatlarning to'liq ro'yxati

Chet el valyutasida hisob raqamlarini ochish va yuritish

  • Chet el valyutasini respublika hududida o'tkazish.
  • Chet el valyutasini O'zbekiston Respublikasidan tashqariga o'tkazish.
  • Naqd pul bilan operatsiyalar.
  • Konvesrsion operatsiyalari.

Tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish bilan bog'liq operatsiyalar

  • Eksport va import shartnomalariga xizmatlar va ro'yxatdan o'chirish.
  • Chet el valyutasini konvertatsiya (sotib olish / sotish) qilish.
  • SWOP operatsiayalari
  • SPOT operatsiylari.
  • E-shartnoma bo'yicha maslahatlar.

Hujjatlashtirilgan operatsiyalar

  • Chet el valyutasidagi hujjatlashtirilgan akkreditivlar bilan operatsiyalar.
  • Bank kafolati va kafilliklarni ta'minlash.

Hujjatlashtirilgan akkreditivlar

Hujjatli akkreditivlar xalqaro savdoda tovarlarni import  va eksport qiluvchilar uchun hisob-kitob olib borishning nisbatan ishonchli usuli hisoblanadi.

Hujjatli akkreditiv bu — agar akkreditiv hujjatlarida sotuvchi tomonidan ko‘rsatilgan bo‘lsa, akkreditiv (bank-emitent)ni ochgan bankning belgilangan mablag‘ni xaridor nomidan sotuvchiga to‘lab berish majburiyati.

Bank akkreditivni kontrakt shartlari asosida tuzilgan xaridor (import qiluvchi) ko‘rsatmalariga binoan ochadi. Tovarni import va eksport qiluvchilar shuni bilishlari kerakki, akkreditivlar xususiyatiga ko‘ra, o‘zi bilan birga oldi-sotdi shartnomasi yoki boshqa shartnomalardan tashqari alohida kelishuvni taqdim qiladi. Akkreditivni bajaish bo‘yicha bank majburiyatlari akkreditiv hujjati matnining o‘zida qat’iy belgilangan.

Hujjatli akkreditivning ishlash prinsipi

  1. Eksportchi va importchi bitim tuzadi.
  2. Tovarlar importchisi bank-emitentga akkreditivni ochish uchun ariza beradi.
  3. Bank-emitent avizo qo'yuvchi bank uchun akkreditivni chiqaradi. Avizo qo'yuvchi bank eksportchi uchun akkreditiv uchun avizo qo'yadi.
  4. Eksportchi molni import qiluvchiga va hujjatlarni avizo qo'yuvchi bankga yuboradi.
  5. Avizo qo'yivchi bank hujjatlarni bankka-emitentga jo'natadi.
  6. Bank-emitent avizo qo'yuvchi bankka to'lovni amalga oshiradi. Avizo qo'yuvchi bank eksportchiga to'lovni amalga oshiradi.
  7. Bank-eminent mijoziga - tovarlar importchisiga hujjatlarni jo'natadi.