OFB mobil ilovasi
5 noyabr

Moliyaviy savodxonlik – har bir inson uchun muhim ko‘nikma

Bolalar pul bilan muloqot qilishga deyarli o‘rgatilmaydigan olamda, moliyaviy savodxonlik bo‘yicha ochiq darslar – farzandingiz xavfsizligi va qulay hayotining asoslaridan biridir.

Shuni e’tiborga olgan holda, «Orient Finans» bank muntazam ravishda «Pul nima, pullarni jamg‘arish, oilaviy byudjet, daromad va harajatlar» mavzusida interaktiv mashg‘ulotlarni o‘tkazib kelmoqda.

Kuni-kecha, xodimlarimiz ana shunday ochiq darsni Chilonzor tumanidagi 163-sonli umumta’lim maktabida o‘tkazdilar.

Mashg‘ulot jarayonida o‘quvchilar byudjetni tuzish, pul mablag‘larini to‘g‘ri sarflashni o‘rgandilar, asosiysi esa – pullar hayotimizning har kuniga, odatlarimiz va maqsadlarimizga qanday ta’sir ko‘rsatishini ko‘rgazmali holda tushunib oldilar.

Umid qilamizki, bu bilimlar ularga foyda keltirib, katta hayotda yordam beradi.