OFB mobil ilovasi
16 iyul

Ria pul o‘tkazmalari!

«Orient Finans» bank faqat eng sara hamkorlar bilan ish yuritadi. Endilikda siz o‘tkazmalarni Ria orqali yuborishingiz mumkin.

Ushbu kompaniya innovatsion moliyaviy xizmatlarni, jumladan, tezkor xalqaro pul o‘tkazmalarini taqdim etadi.

Ria'ning asosiy afzalliklari — tizimning ish jarayonidagi tezligi va to‘lov turini tanlashdagi moslashuvchanligida desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Mablag‘larni: naqd pulda, bank hisob raqamiga, mobil hamyonga va hattoki uyga yetkazib berish kabi eng qulay usullarda olishingiz mumkin.

Ria pul o‘tkazmalari dunyoning 170 dan ortiq mamlakatlarida amal qiladi.
Xizmatlar uchun foiz, o‘tkazma summasi va mamlakatga qarab 0,8% dan 2% gacha bo‘ladi.

Chegaralaringizni kengaytiring va Ria bilan sifatli pul o‘tkazmalaridan bahramand bo‘ling!