OFB mobil ilovasi
Bank bilan aloqa

«Orient Finans» bank

Biz mijozlarimiz bilan faxrlanamiz hamda ular uchun ishonchli va foydali hamkor bo‘lishga harakat qilamiz. Bizning maqsadimiz — ularga o‘z harakatlari va orzularida mustaqil bo‘lishga yordam berish.

Mijozlar

Biz O‘zbekistonda 2010-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqdamiz va kompaniyaga odamlarning uzoq muddatli hurmat va sodiqligini paydo qiladigan sifatli xizmat ko‘rsatishdagi o‘z tajriba va kuchimizni ishga solyapmiz. Biz mijozlarining hayoti va mehnatini yaxshi tarafga o‘zgartirishga, vaqtini tejashga, ularni zerikarli ishlardan xalos qilishga harakat qilamiz.

629 228
xususiy mijoz
20 960
korporativ mijoz
about.jpg
Bankning Toshkentdagi Bosh Ofisi

Moliyaviy ko‘rsatkichlar

Aktivlarimiz va moliyaviy ko‘rsatkichlarimiz barqaror o‘sish dinamikasini ko‘rsatmoqda. Bugungi kunga kelib, Orient Finance aktivlari 10 trillion 625 milliardni tashkil etadi. Bankning o'z kapitali taxminan 1 648 mlrd. so'mni tashkil etadi.

Bankning asosiy ko‘rsatkichlari, ya’ni aktivlari rentabelligi (ROA) – 8,61 foiz, kapitali rentabelligi (ROE) 35,96 foizni tashkil etdi.

Bankning moliyaviy holati ishonchliligi xalqaro va milliy reyting agentliklarining kredit reytinglari bilan tasdiqlanadi.

1% ga
2023 yilda bank aktivlari qisqardi.
6,8% ga
Bank aktivlari 2022-yil 1-oktabrdagi ko‘rsatkichga nisbatan oshdi.

«S&P Global Ratings» xalqaro reyting agentligi tomonidan bankning uzoq muddatli  kredit reytingiga «B+» darajasi, qisqa  muddatli kredit reytingiga «B+» darajasi berildi, reyting o‘zgarishi prognozi «Barqaror» deb belgilandi.

Orient Finans Bankning moliyaviy hisobotlari, xalqaro buxgalteriya standartlariga muvofiq, xalqaro audit kompaniyasi Deloitte & Touche tomonidan ijobiy baholanadi.

Moliyaviy ko‘rsatkichlar

Biz dunyoning yirik moliyaviy institutlari bilan faol hamkorlik qilamiz. Yirik xalqaro banklardagi korrespondentlik hisob raqamlarining mavjudligi bizga xalqaro tranzaksiyalar va hujjatlashtirilgan amallarni operativ tarzda amalga oshirish imkonini beradi.

Bizning bank «MasterCard», «Visa International» va «Union Pay International» to‘lov tizimlarining to‘liq huquqiy  qatnashchisi hisoblanadi. Bu bizning terminal va bankomatlarimiz orqali dunyodagi asosiy to‘lov tizimarining istalgan kartalariga xizmat ko‘rsatsh imkonini beradi.

12 mln $
«Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi» bizning bankka xususiy sektorni rivojlantirish uchun loyihalarni moliyalashtirdi.