OFB mobil ilovasi

Masofadan milliy va xorijiy valyutada plastik karta chiqarish

va xizmat ko'rsatish, shuningdek, etkazib berish bo'yicha Qoidalar

(ushbu qoidalar ish haqi loyihasi doirdasidagi plastik kartochkalarga tatbiq etilmaydi)

Mazkur xujjat O'zbekiston Respublikasi fuqarolik kodeksining 358, 367, 369 va 370 moddalariga muvofiq, Toshkent shahrida yashovchi jismoniy shaxslar (Samarqand viloyati Samarqand shahridada yashovchi jismoniy shaxslarga faqatgina UzCard onlayn plastik kartalari chiqariladi) nomiga (keyingi o'rilarda - mijoz) qaratilgan bo'lib, "Orient Finans" XATB (keyingi o'rinlarda - bank) tomonidan quyidagi shartlarda shartnoma imzolash, bank tomonidan talab qilinadigan zarur tartibotlarni amalga oshirish bo'yicha rasmiy, ommaviy va qaytarilmaydigan tarzdagi taklifi (ommaviy oferta) bo'lib, o'z ichiga buyurtmada ko'rsatilgan parametrlar bo'yicha masofadan milliy va xorijiy valyutada plastik karta chiqarish va xizmat ko'rsatish, shuningdek, etkazib berish bo'yicha muhim shartlarni o'z ichida aks ettirgan. Ommaviy ofertada aniq ko'zda tutilmagan barcha shartlar O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq tartibga solinadi.

Qoidalarning amaldagi tahriri bankning rasmiy veb-saytida joylashtiriladi va masofadan plastik kartochka chiqarish uchun shakllantirilgan buyurtma yuborilguniga qadar mijozga tanishib chiqish uchun taklif etiladi. Masofadan plastik kartani chiqarish uchun buyurtma faqat ushbu qoidalar qabul qilingandan (aktsept) so'ng yuborilishi mumkin.

Ushbu qoidalar uning mazmuni bilan tanishib chiqqandan va mijoz tomonidan barcha shartlarni istisnosiz va/yoki cheklovlarsiz to'liq va so'zsiz qabul qilinganligini anglatuvchi barcha zaruriy harakatlarni bajargandan so'ng qabul qilingan (aktseptlangan) hisoblanadi va yuridik kuchga kiradi.

1. Mazkur qoidalarning aktseptlanganligi quyidagilarni anglatadi:

1.1. Mijoz masofadan turib milliy va xorijiy valyutada plastik kartalarni chiqarish va xizmat ko'rsatish uchun barcha shartlarni qabul qiladi;

1.2. Mijoz masofadan turib plastik kartani chiqarish bo'yicha shakllantirilgan buyurtmani mustaqil, to'g'ri to'ldirilganligini va unda ko'rsatilgan ma'lumotlar haqqoniy ekanligini tasdiqlaydi;

1.3. Mijozning bankka yuborgan buyurtmasi uning xohish irodasini aks ettirishi va uning nomiga plastik kartochka chiqarish uchun asos ekanligini so'zsiz tasdiqlaydi;

1.4. Buyurtmada ko'rsatilgan manzilga plastik karta etkazib berilgan vaqtda, Mijoz uning qiymatini to'lab berishga tayyor ekanliklarini tasdiqlaydi;

1.5. Mijoz so'rov yuborgandan so'ng mijozning ko'rsatilgan mobil telefoniga SMS-kod yuborilishi, ushbu kodni mijoz sir saqlashi va plastik kartochkani taqdim etish vaqtida faqat bank xodimiga aytib berishi kerakligini tasdiqlaydi;

1.6. Mijoz bank xodimiga plastik kartochkani mijozga o'ziga taqdim etish uchun zarur bo'lgan barcha harakatlarni amalga oshirishga ruxsat berishga tayyorligini va bank xodimiga mijoz bilan birga uning pasporti asl nushasi, chiqarilgan plastik kartani, hamda plastik kartani to'ldirish uchun kvitantsiyani (agar mavjud bo'lsa) qo'lida ushlab turgan holda sur'atga olishga ruxsat berishini tasdiqlaydi;

1.7. Mijoz plastik kartani chiqarish va xizmat ko'rsatish uchun zarur bo'lgan barcha hujjatlarni imzolashga tayyor ekanliklarini tasdiqlaydi;

1.8. Bank xodimlari plastik kartani chiqarish, etkazib berish va taqdim etish vaqtida mijozni identifikasiyadan o'tkazish uchun zarur bo'lgan (niqobni vaqtincha echish va yuzni ko'rsatishni so'rash) barcha harakatlarni O'zbekiston Respublikasida koronavirusni kirib kelishi va tarqalishini oldini olish bo'yicha Respublika maxsus komissiyasi (bundan buyon matnda – maxsus komissiya) tavsiyalariga (masofani saqlash va boshqa) rioya qilgan holda amalga oshirishiga Mijoz o'zining so'zsiz roziligini bildiradi.

2. Plastik kartani taqdim etish tartibi:

2.1. Bank xodimi mijozga xizmat guvohnomasini ko'rsatadi, agar xodim bunday qilmasa, mijoz undan ko'rsatishni talab qilishga haqli;

2.2. Mijoz xodimni eslab qolishi lozim (lavozimi, F.I.Sh);

2.3. Mijoz unga yuborilgan SMS-kodni bank xodimiga aytib berishi kerak va bank xodimi ushbu SMS-kodni ariza/buyurtmaga yozib qo'yadi;

2.4. Mijoz maxsus komissiya tavsiyalariga muvofiq xodimdan uning yuzini ko'rsatishni so'rashga haqli;

2.5. Bank xodimi maxsus komissiya tavsiyasiga muvofiq mijozni identifikasiya qilish huquqiga ega;

2.6. Bank xodimi mijozning yuzini ko'rgandan so'ng pasport yordamida mijozni identifikasiyadan o'tkazadi, keyin mijoz tomonidan imzolanishi uchun zarur hujjatlarni unga taqdim etadi;

2.7. Agar mijoz yuborgan buyurtmada plastik karta hisobvarag'ini naqd pul shaklda to'ldirish istagini bildirilgan bo'lsa, plastik kartani taqdim etish vaqtida kerakli summaga kvitantsiya beriladi. Kvitantsiyada hisobvaraq to'ldirilishi lozim bo'lgan summa aks ettiriladi hamda bank xodimi va mijoz tomonidan imzolanadi. Bir nusxasi mijozga taqdim etiladi.

2.7.1. Mijoz bankning kontakt-markaziga qo'ng'iroq qilib, to'ldiriladigan mablag'haqida operatorga xabar berishi va mavjud aloqa kanallari orqali kvitantsiya suratini yuborish huquqiga ega;

2.8. Mijoz plastik kartani olganlik haqida jurnalga imzo chekkandan keyin bank xodimi plastik karta mijozga taqdim etadi.

2.9. So'ngra Bank xodimi mijozni uning pasport asl nusxasi va berilgan plastik karta bilan birga (plastik karta raqamini bekitgan holda), shuningdek, plastik kartani to'ldirish bo'yicha kvitantsiya (agar mavjud bo'lsa)ni qo'lida ushlab turgan holda fotosur'atga oladi, bunda mijozning yuzi ko'rinib turishi kerak.

3. Maxsus shartlar:

3.1. Agar mijoz zarur hujjatlarni imzolashdan yoki yuzini ko'rsatishdan yoki unga plastik kartani taqdim etish vaqtida identifikasiyadan qilish uchun suratga olishdan bosh torsa, bank xodimi plastik kartani taqdim etmaslikka haqli.

3.2. Agar mijoz plastik kartani etkazib berish joyida mavjud bo'lmasa, bank xodimi mijozga telefon qilish huquqiga ega. Agar mijoz javob bermasa yoki uyda bo'lmasa yoki 15 daqiqadan ortiq vaqt davomida bo'lmasa, bank xodimi mijozni kutmaslikka va operatorni xabardor qilib, boshqa manzillarga etkazib berish uchun harakatda davom etishga haqli.

Bunday holda, agar mijoz 30 kalendar kun ichida bankning kontakt-markaziga boshqa sana va plastik kartani etkazib berish vaqtini ma'lum qilmasa, plastik karta bank tomonidan o'rnatilgan tartibda yo'q qilinadi va mijozning buyurtmasi bekor qilinadi. Shundan so'ng, mijoz bu haqda hech qanday da'vo qilishga haqli emas.

3.3. Mijoz quyidagi harakatlarni amalga oshirmasligi lozim:

3.3.1. Atayin yolg'on ma'lumot berish, boshqa uchinchi shaxslar shaxsiy ma'lumotlari (uchinchi shaxslar, shuningdek soxta shaxslarning shaxsiy ma'lumotlar)dan foydalanib buyurtma yuborish;

3.3.2. Mijoz o'zi haqida, ro'yxatdan o'tgan/haqiqatdan yashash manzili haqida, foydalanish huquqiga ega bo'lmagan telefon raqamlar, E-mail manzillar haqida har qanday yolg'on ma'lumotlarni atayin joylashtirish.

4. Yakuniy qoidalar:

4.1. Bank mijozning shaxsiy ma'lumotlaridan ruxsatsiz foydalanmaslik uchun O'zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan barcha mumkin bo'lgan sa'y-harakatlar va choralarni amalga oshiradi. Mijoz bankka taqdim etgan ma'lumotlar O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida nazarda tutilgan hollarda davlat organlariga taqdim etilishi mumkinligiga so'zsiz rozi bo'ladi.

4.2. Mijoz plastik kartani chiqarish va unga xizmat ko'rsatish bo'yicha buyurtmani bankka yuborilgan sanadan boshlab 12 soat ichida bekor qilish huquqiga ega;

4.3. Agar mijoz ushbu qoidalar va uning shartlariga rozi bo'lmasa va ularga rioya qilishni istamasa, ularning arizasi ko'rib chiqish uchun qabul qilinmaydi va mijozning bu haqdagi shikoyatlari qabul qilinmaydi.

4.4. Ushbu ommaviy oferta sud va boshqa davlat idoralari va tashkilotlarida dalil sifatida foydalanilishi mumkin;

4.5. Mijoz va bank o'rtasidagi ushbu ommaviy oferta yuzasidan kelib chiqadigan barcha nizolar, agar o'zaro kelishuvga erishilmagan bo'lsa, qonunda belgilangan tartibda sudda ko'rib chiqiladi.

Ushbu ommaviy ofertaga o'zgartirish va qo'shimchalar bank tomonidan bankning rasmiy veb-saytida yoki boshqa ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirish orqali bir tomonlama amalga oshiriladi, bunda ommaviy oferta matnining Bank rasmiy veb-saytida yoki boshqa ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilgan tahriri amaldagi tahrir hisoblanadi.