OFB mobil ilovasi
Bank bilan aloqa

Murojaat qilish qoidalri

Kredit olish uchun «Internet» (ofb.uz) axborot uzatish tarmog'idan «Oriyent Finans» XATBga murojaat qilish (elektron ariza berish) qoidalari

Ko`pchilikka qilingan taklif hisoblanadigan ushbu qoidalar, O`zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq, jismoniy shaxslarning cheklanmagan davrasiga (bundan keyingi bandlarda "Ariza beruvchi", deyiladi) qaratilgan.

«Oriyent Finans» XATBga (bundan keyingi o`rinlarda "Bank", deyiladi) Bank xizmatlarini olish uchun Bankning Internet sahifasida elektron ariza jo`natayotgan Ariza beruvchi quyidagilarni tushunadi, qabul qiladi va tasdiqlaydi:

  1. Arizda ko`rsatilgan shaxsiy ma'lumotning hammasi haqiqiy, ishonchil va Ariza beruvching o`ziga tegishli bo`ladi.
  2. Ariza beruvchi erkin harakat qilib, o`z ixtiyori bilan va o`zining foydasi uchun, unga kredit berish uchun u haqdagi shaxsiy ma'lumot ishlanishiga ruxsat beradi.
  3. Ariza beruvching qarzni qaytarish qobilyatini, pul to`lashga qobilyatini va kredit tarixini o`rganish va o`rganish natijasini Bankka berish uchun Ariza beruvchi unga kredit berish maqsadida Bank u haqdagi shaxsiy ma'lumotni axborotini sir saqlash va oshkor qilmaslik haqida kelishuv tuzgan, Ariza beruvchi bilan kreditlash shartnomasi va kelishuvini tuzish imkoniyatini ko`rib chiqish uchun shaxslarga berishi mumkinligiga shartsiz rozi bo`ladi.
  4. So`rovni to`ldirib, so`ralgan hujjatlarni biriktirib qo`yishi Ariza beruvchi Bankning xizmatidan foydalanmoqchi ekanini bildiradi, lekin Bank unga albatta kredit berishini va kredit berish kafolatlanishini bildirmaydi/
  5. Bank asosli sababni ko`rsatib kredit berishga rozi bo`lmasa Ariza beruvchi unga biror-bir da'vo qilmasligi kerakligini tushunadi va shunga sharsiz rozi bo`ladi.
  6. Ariza beruvchi voyaga yetgan, layoqatli shaxs ekanini, Arizada ko`rsatilgan ma'lumotni Bankka topshirishga qonuniy huquqi borligini tasdiqlaydi, bundan tashqari, Ariza beruvchi Bankka bergan vaqtida ko`rsatgan ma'lumotni to`liq va ishonchli ekanini ham tasdiqlaydi.
  7. Ariza beruvchi benefitsiar egalari1 va foyda oluvchilari2 yo`qligini, o`z ixtiyori bilan, o`zining qonuniy maqsadini va foydasini ko`zlab harakat qilayotganini tasdiqlaydi.
  8. Ariza beruvchi uning ish bilan bog`liq obro`siga yomon ta'sir qiladigan ma'lumot yo`qligini tasdiqlaydi.
  9. Ariza beruvchi Bankning sahifasiga Ariza to`ldirib, uni bankga jo`natganida Arizasini ko`rganidan so`ng Bank nima qaror qilgani haqidagi ma'lumotni Arizasida ko`rsatgan bog`lanish usuli bilan unga jo`natishiga yo`liq va shartsiz rozi bo`ladi.
  10. Ariza beruvchi quyidagilarni qilmaslik majburiyatini oladi:
    1. Bilib turib noto`g`ri ma'lumot bermaydi, birovning (uchinchi shaxslarning yoki o`ylab chiqarilgan insonlarning) shaxsiy ma'lumotoni ishlatib ro`yxatdan o`tmaydi;
    2. Bilib turib ro`yxatga olingan manzili/haqiqatda yashaydigan manzili, telefon(lari) raqam(lar)i haqida noto`gri ma'lumot bermaydi, Ariza beruvchi ishlatishga haqqi bo'lmagan elektron pochta manzillarini yozmadi.
    3. Qarzni qaytarish qobiliyati qanday me'zonlarga qarab baholanganini surishtirmaydi.
  11. Ariza beruvchi Bank elektron resurslaridagi axborot xavfsizligini buzmaslik majburiyatini oladi.
  12. Bank Ariza beruvchi haqidagi shaxsiy ma'lumot ruxsatsiz ishlatilmasligi uchun O`zbekiston Respublikasi qonunlarida ko`zda tutilgan barcha choralarni ko`radi. Ariza beruvchi O`zbekiston Respublikasi qonunchiligida aytilgan hollarda u Bankka bergan ma'lumot davlat organlariga topshirilishi mumkinligiga rozi bo'ladi

    Ariza beruvchi Bankning nazoratidan tashqaridagi sabab bilan, ya'ni dasturiy ta'minotdagi, serverlardagi, kompyuter tarmog'idagi texnik nosozlik tufayli yoki uchinchi shaxslarning noqonuniy harakati sabab Ariza beruvchi haqidagi shaxsiy ma'lumot maqsadga muvofiq ishlatilmagani uchun Bank javob bermasligi haqida ogohlantiradi va shunga rozi bo`ladi.

  13. Ushbu Kelishuvni bekor qilish uchun Ariza beruvchi yozma rasmiylashtirilan ariza bilan Bank bo`limiga murojaat qilishga haqli.
  14. Agar Ariza beruvchi ushbu qoidalar bilan uning shartlariga rozi bo`lmasa yoki ularga amal qilishni istamasa, uning so`rovi ko`rib chiqish uchun qabul qilinmaydi va Ariza beruvching bundan shikoyat qilishga huquqi bo`lmaydi.

1benefitsiar egalik qiluvchi – oxirida Ariza beruvchining harakatlarini bevosita o`zi yoki bilvosita (uchinchi shaxslar orqali)nazorat qilib turishga imkon bo`lgan, shu jumladan, Ariza beruvchi qabul qiladigan qarorga ta'sir qilishga imkoni bor jismoniy shaxs.

2foyda oluvchi – pul mablag`i yoki boshqa mulk bilan operatsiya o`tkazganda Ariza beruvchi vakillik shartnomasi, topshiriq shartnomasi, komissiya va ishonchli boshqarish shartnomasiga muvofiq uning foydasini o`ylab harakat qiladigan shaxs.