OFB mobil ilovasi
19 iyun

"Orient Finans" XTAB "Energize Global Services" (Armaniston) va "Schneider Group" (O'zbekiston) kompaniyalari bilan uchrashuv o'tkazdi.

2019 yil 17 iyunda XTAB "Orient Finans" rahbariyatining "Energize Global Services" (Armaniston) kompaniyalari vakillari bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Uchrashuvlar chog'iida «Energize Global Services» vakillari «Orient Finans» XTAB bilan IT bank sohasida hamkorlik imkoniyatlari, shu jumladan, AKT-bank sektorining hozirgi holati va bankni raqamlashtirish sohasida yanada rivojlanish masalalarini muhokama etdilar.

Shu bilan birga, uchrashuv davomida "Orient Finans" XTAB kompaniyasining faoliyati natijalari hamda, yaqin kelajakda innovatsion IT-tizimlarini joriy etishni kengaytirish rejalari aytib o'tildi.