OFB mobil ilovasi
16 avgust

"Orient Finans" bank XATB hamda «Газпромбанк» AJ vakillarining uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Uchrashuv 2019-yilning 13-avgust kuni tashkil etildi. Muhokamalar chog'ida "Orient Finans" bank XATBning 2019-yil 2-kvartalidagi faoliyatiga to‘xtab o‘tildi.

«Газпромбанк» AJ vakillari "Orient Finans" bank XATB faoliyatini yuksak baholagan holda uning iqtisodiy ko‘rsatkichlari sifatiga urg‘u berib o‘tdi. Shuningdek, uchrashuv mobaynida banklararo amaliyotlar sohasida ikki tomonlama manfaatli aloqalar masalasi muhokama etildi.
Keyingi yangilik