Muloqotda tomonlar internet tarmog'ida hamkorlik imkoniyatlarini kengaytirish masalalari ko'rib chiqildi.
Tomonlar o'zlarining O'zbekistondagi loyiha va rejalari haqida so'zlab berishdi va hamkorlikni kengaytirish zarurligini kelishib olishdi. Яндекс vakillari mamlakatda bank sohasiga joriy etilishi mumkin bo'lgan onlayn-reklama bozoriga taalluqli tahliliy ma'lumotlarni bo'lishishdi hamda Orient Finans Bank xodimlariga mijozlar bazasini kengaytirish yo'llarini taklif qilishdi.
Яндекс kompaniyasi haqida ma'lumot.
Яндекс - shtab-qarorgohi Rossiyada joylashgan xalqaro texnologik kompaniya. 2017-yilda kompaniyaning umumiy foydasi 94,1mlrd rublni tashkil etdi (1632,9 mln AQSh dollari), bu o'tgan yilgiga nisbatan 24% ko'proq.
Yandex.uz 2016-yilda ishga tushgan. Qidiruv tizimidan tashqari Яндекс O'zbekiston ahliga turli axborot-qidiruv xizmatlari: Яндекс.Карты, Яндекс.Новости, Яндекс.Почта, Яндекс.Навигатор va boshqalarni taklif etadi. O'zbekistonlik reklama beruvchilarga Яндекс.Директ hamda Яндексning barcha media maydonchalari ochib berilgan.