OFB mobil ilovasi
20 may

2019-yilning 13-may kuni Orient Finans bank rahbariyati va Mastercard to‘lov tizimining HGEM (Markaziy Osiyo, Sharqiy Yevropa, Gruziya, Isroil) hududi prezidenti janob Andras Xemberger bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Muhokamalar yakuniga ko‘ra, hamkorlik aloqalari mustahkamlandi, xalqaro to‘lov tizimini mamlakatimizda rivojlantirish bo‘yicha strategik taraqqiyot rejasi ma‘lum qilindi. Mastercard va Orient Finans bank hamkorligi elektron to‘lovlar qabul qilish tarmog‘ini kengaytirish, yangi raqamli to‘lov mahsulotlarini joriy etish, aholini Mastercard raqamli xizmatlariga kirish imkoniyatini beradi.

Bundan tashqari to‘lovlar xavfsizligini ta'minlash va mijozlar mablag‘larining saqlanishi, bank xizmatlari darajasiga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi.