OFB mobil ilovasi
16 may

"Eng iqtidorli yosh bank xodimi"

2019 yil - "Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili" Davlat dasturi asosida, shuningdek, yoshlarning har tomonlama yetuk mutaxassis bo`lib kamol topishiga bo`lgan intilishlarining istaklarini qo'llab-quvvatlash, iqtidorli yosh mutaxassislarni aniqlash, kasbiy mahoratini va bilimlarini darajasini oshirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida o`tkazilayotgan "Eng iqtidorli yosh bank xodimi" ko`rik tanlovi Samarqand viloyati banklari yosh xodimlari o`rtasida 2019 yil 6-aprel kuni  o`tkazildi.

"Orient Finans" XATB tizimidan "Eng iqtidorli yosh bank xodimi" ko`rik tanlovi Samarqand filiali Chakana operatsiya bo`limi birinchi toifali mutaxassisi-so`ngi nazoratchisi Rizayeva Nasiba Unarqul qizi muvaffaqiyatlari ishtirok etib, fahrli 3-o`ringa loyiq ko`rilib, diplom bilan taqdirlandi hamda esdalik sovg`asi topshirildi.