OFB mobil ilovasi
4 aprel

Hurmatli mijozlar!!!

  Respublikamiz hududlarida koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish bo`yicha karantin eʻlon qilinganligi, mijozlarning murojaatlari va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining tavsiyalarini hamda mijozlarning bankka kelish imkoniyati cheklanganligini inobatga olib, bank mijozlarini qo’llab-quvvatlash maqsadida «Orient Finans» bank jismoniy shaxslarga 3 oy muddatga kredit ta'tillarini e'lon qiladi.

Bunda:

- jismoniy shaxslarga ajratilgan kreditlar boʻyicha joriy yilning Aprel, May, Iyun oylariga toʻgʻri keladigan asosiy qarz toʻlovlari o’rnatilgan tartibda mutanosib ravishda qo’shimcha muddatga uzaytiriladi (ta'tillar Overdraft, plastik kartaga olingan Onlayn kreditlar va sud jarayonidagi kreditlarga tadbiq etilmaydi).

- kreditning asosiy qarzini to’lash muddatini kechiktirish, foizlarni to’lash majburiyatidan ozod qilmaydi.