OFB mobil ilovasi
Bank bilan aloqa
11 iyun

Hurmatli mijozlar!

Respublikamiz hududlarida koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish bo`yicha eʻlon qilingan karantin davom etayotganligi tufayli, bank mijozlarini qo’llab-quvvatlash maqsadida «Orient Finans» bank jismoniy shaxslar uchun e’lon qilingan kredit ta'tillari muddatini 2020 yil 1-oktyabrga qadar uzaytirilishini e'lon qiladi.

Bunda:

- ta'tillar jismoniy shaxslarga 2020 yil 1-apreldan so’ng ajratilgan kreditlarga, shu jumladan, Overdraft, plastik kartaga olingan Onlayn kreditlar va sud jarayonidagi kreditlarga tadbiq etilmaydi.

- jismoniy shaxslarga ajratilgan kreditlar boʻyicha 2020 yilning Aprel oyidan sentyabr oylariga toʻgʻri keladigan asosiy qarz toʻlovlari o’rnatilgan tartibda mutanosib ravishda qo’shimcha muddatga uzaytiriladi.

- mazkur davr mobaynida kredit to’lovlari foiz to’lovlaridan ozod etilmaydi.

Batafsil ma’lumot www.ofb.uz saytida.