OFB mobil ilovasi
3 dekabr

O‘zbekiston bank sektori: islohotlar va imkoniyatlar. ⠀

«Orient Finans» XATB ko‘magida 27 noyabr kuni Londonda "UzInvest Forum 2019" investitsion forumi bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek, forum doirasida bank vakillari «O‘zbekistonda chakana va tijorat banking evolyusiyasi» mavzusidagi panel formatida o'tkazilgan muzokaralarda ham ishtirok etdilar.
Muzokara ishtirokchilari tomonidan O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlar bank sohasini rivojlanishiga sezilarli ta'sir etayotgani, xususan jismoniy shaxslarga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning turlari ko'payib, bank xizmatlarining ko'lami kengayib borayotgani e'tirof etildi.

Shu bilan bir vaqtda, transformasiya jarayonida banklar hal etilishi lozim bo'lgan turli masalalarga duch kelmoqdalar. "Orient Finans" XATB Boshqaruvi Raisi Bobur Parpiev hozirda banklar texnologik tanqislikni boshdan kechirayotganini va bu holatni yengib o‘tish uchun bank hizmatlari bozorining ishtirokchilari o'z infratuzilmalarini ilg‘or texnologik yechimlardan foydalanib, jahon talablari darajasida takomillashtirishi zarurligini ta'kidlab o'tdi. Ushbu tadbirlar esa sohadan katta xarajatlarni amalga oshirishni talab etadi.