27-noyabr kuni Buyuk Britaniya poytaxtida sarmoyalar va turli mamlakatlarning imkoniyatlariga bag'ishlangan xalqaro anjuman bo'lib o'tadi, unda evropalik sarmoyadorlar va ishbilarmon doiralar vakillari ishtirok etadi.
"Orient Finans" XATB ushbu tadbirning hamkorlaridan biri bo'lib ishtirok etadi. Shuningdek, bank vakillari mamlakatimiz delegatsiyasining boshqa vakillari qatorida o'z ma'ruzasini taqdim etadi.
O'zbekiston rivojlanayotgan bozorlar orasida
investitsiya salohiyatini jalb qilish va rivojlantirish bo'yicha sammit
ishtirokchilaridan biriga aylanadi. Bu xususiy sektor tashabbusi doirasida
mamlakatimizning birinchi yirik xalqaro investitsiya forumidir.