OFB mobil ilovasi
4 fevral

O'zbekistonning 7 afsonaviy shaxslari bilan intervyu

Aziz do'stlar, @otabekmahkamovning Orient Finans Bank homiylik qilayotgan "O'zbekistonning 7 afsonaviy shaxslari bilan intervyu" teleloyihasining navbatdagi soni mehmoni dublyajning tirik afsonasi, o'zbek Levitani Afzal Rafiqov.

Afzal Rafiqovning sharofati bilan Qur'oni Karimning o'zbek tilida audiotalqini yaratilgan. Aynan ushbu aktyorimiz Iosif Stalin, Lev Tolstoy va 1000dan ortiq filmlarga ovoz bergan. Intervyuni "Milliy" (@milliytv) telekanalida, to'liq talqinini esa YouTube-kanalidagi MrOtabekTv sahifasida tomosha qilish mumkin.