«Оrient Finans» bank doimo o'z mijozlari haqida qayg'uradi. Sizga pul o'tkazmasini bank ofislariga tashrif buyurmagan holda bevosita xalqaro plastik kartalariga tushirib olishingizni taklif qiladi.
⠀
Buning uchun Siz:
⠀
— «Оrient Finans» bankning xalqaro plastik kartasiga (Visa, MC, UPI) ega bo'lishingiz;
— Kartangizning raqamini yuboruvchiga ma'lum qilishingiz;
— Yuboruvchi pul mablag'larni «Contact» tizimi orqali kartangizga o'tkazishi kerak bo'ladi.
⠀
So'ngra Sizning kartangizga pul mablag'lari kelib tushganligi haqida SMS-xabar olasiz. Kelib tushgan mablag'larni OFB24 mobil ilovasi orqali boshqarishingiz mumkin bo'ladi (bloklash, blokdan yechish va mablag'lar konvertasiyasi).
⠀
Mablag'larni bankomatlar orqali naqdlashtirib olsangiz ham bo'ladi.
⠀
«Оrient Finans» bank - 10 yil davomida yuksakda!