OFB mobil ilovasi
Bank bilan aloqa
20 noyabr

ORIENT FINANS BANK LANDESBANK BADEN-WUERTTEMBERG BILAN HAMKORLIK ALOQALARINI O'RNATDI!

Xalqaro tranzaksiyalarni amalga oshirish jarayonini soddalashtirish maqsadida Orient Finans Bank xalqaro moliya institutlari bilan birga uzoq muddatli aloqalar o'rnatishga intiladi.

2018-yilning 20-noyabr kuni Germaniyaning Shtutgart shahrida joylashgan eng yirik banklaridan biri - Landesbank Baden-Wuerttemberg bilan korrespondentlik aloqalarini o'rnatdi. Endi bank mijozlari yevroda ushbu korrespondentlik hisobi orqali tranzaksiyalarni amalga oshirishlari mumkin.

Landesbank Baden–Wuerttemberg Germaniyadagi yirik davlat kreditori sanaladi. Bankning Germaniya va dunyoning 24 ta davlatida 200  ta filial hamda shahobchalarga ega.