15 fevral kuni butun dunyoda Xalqaro saratonga chalingan bolalar kuni nishonlandi. O’zbekiston Onkologlar uyushmasining tashabbusi bilan bankimiz vakillari Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiy markaziga tashrif buyurib, bolalar bilan uchrashdilar va ularga maxsus esdalik sovg’alarini topshirdilar.
⠀
Xar yilgi an’anaga aylangan uchrashuvga O’zbekistonning boks bo’yicha terma jamoasi va poytaxtning «Lokomotiv» futbol klubi jamoasi to’liq tarkibda tashrif buyurdilar. Bolalar o’z sevimli sportchilarini ko’rganlaridan nihoyatda xursand bo’ldilar! Sportchilar ularga esdalik sovg’alarni taqdim etdilar, suhbatlashdilar, rasmlarga tushdilar va o’z dastxatlarini qoldirdilar
⠀
Bolalar quvonchini, ularning samimiy tabassumlari va zavqini ko’rish nihoyatda yoqimli edi. Kasallik bilan kurashishda yosh bemorlar va ularning ota-onalari qo’llab-quvvatlashga nihoyatda muhtoj bo’ladilar. «Orient Finans» bank bolalarga ko'tarinki kayfiyat ulashish va ularni ruhan qo'llab-quvvatlash maqsadida muntazam ravishda bunday tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda. Eng muhimi – barcha bolalar doimo sog’ bo’lishsin!