OFB mobil ilovasi
12 iyun

Orient Finans Bank XATB vakillari Sankt-Peterburgda o'tkazilgan Xalqaro iqtisodiy forum - 2019da bir qator uchrashuvlarni o'tkazdilar.

Uchrashuvlarda CreditEurope Bank, Srei Infrastructure Finance (Kanoria fondi konglomeratiga kiradi), ВЭБ.РФ, ВТБ Lizing va "Газпромбанк" guruhi vakillari bilan muloqot olib borildi. Muhokamalar chog'ida savdo va loyihaviy moliyalashtirish, chakana yo'nalish hamda lizing xizmatlarini rivojlantirish imkoniyatlari ko'rib chiqildi. Yaqin orada kompaniyalarning vakillari mamlakatimizga kelib hamkorlikdagi loyihalarni mayda jihatlarigacha o'rganish va muzokara o'tkazish bilan shug'ullanishadi.

Shuningdek, bank vakillari "Bank yoki ekotizim: kim kimdan ko'proq yashaydi" mavzusida The Boston Consulting Group, Rayffayzenbank, QIWI, Alfa-Bank, Deutsche Bank, Societe Generale, Tinkoff Bank va Moskva birjasi rahbarlari ishtirokidagi yalpi majlisda ham qatnashdilar. Ishtirokchilar moliya texnologiyalarining shiddat bilan o'sishi sharoitida bank strategiyasini shakllantirishni muhokama qildilar.