OFB mobil ilovasi
6 dekabr

«Orient Finans» bankda rasmiylashtirilgan plastik karta yoki depozitga ega bo‘lgan hurmatli yurtdoshlar! ⠀

Ayni vaqtda bankimiz tomonidan shaxsiy ma'lumotlari hozircha tasdiqlanmagan mijozlarning ma’lumotlari yangilanayotganligini ma’lum qilamiz.

Agarda Siz yaqin vaqt ichida shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatingizni almashtirgan bo‘lsangiz, bankimizning istalgan filiali yoki bank xizmatlari ofislariga shaxsingizni tasdiqlovchi istalgan hujjat (biometrik passport, ID karta yoki haydovchilik guvohnomasi) bilan tashrif buyurishingiz yoki 71 200-88-99 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, ma’lumotlaringizni tasdiqlab berishingizni so'raymiz.  

Eslatma:  

Shaxsiy ma'lumotlari tasdiqlanmagan mijozlarning plastik kartasi yoki depozit hisobraqami orqali amalga oshiradigan amaliyotlari cheklanishi mumkinligi haqida ogohlantiramiz.