OFB mobil ilovasi
3 yanvar

Taniqli Bankirlar.uz Telegram-kanalining rahbari «Оrient Finans» bankka o‘z tabrigini yo‘lladi!

Eslatib o‘tamiz, Telegram tarmoq'ida o'tkazilgan so'rovnomada «Оrient Finans» bank «2019 yilning eng yaxshi xususiy banki» nominatsiyasida birinchi o‘rinni egalladi, Boshqaruv Raisi Bobur Parpiyev esa «2019 yilda moliya-bank sohasidagi eng yaxshi yosh rahbar» nominatsiyasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Bankirlar.uz Telegram-kanalining rahbari 30 dekabr kuni bankka tashrif buyurib, esdalik sovg'alarini topshirdi.

Bizga ovoz bergan barchaga yana bir bor o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz! Bu bizning yanada rivojlanishimiz va yangi yutuqlar sari intilishimiz uchun zamin yaratadi.