OFB mobil ilovasi
27 dekabr

Yangi yil – orzular ushaladigan va har kim o‘zi istagan sovg‘aga erishishi mumkin bo‘lgan bayram.

Ushbu maqsadda, «Orient Finans» banki vakillari O‘zbekiston onkologlar Assotsiatsiyasi, «Lokomotiv» futbol klubi va O‘zbekiston boks Federatsiyasi vakillari hamkorligida O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligining Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida davolanayotgan bolajonlarga Yangi yil bayrami mo‘jizasidan bir parchasini ulashish uchun tashrif buyurishdi.

Uchrashuv davomida bolajonlar o‘zlari sevgan ertak qahramonlari bilan uchrashishdi va suratlarga tushishdi. Shunindek, Qorbobo va Qorqiz qo'llaridan Yangi yil sovg‘alarini olishdi.

Uchrashuv qanday o‘tganligini foto-hisobotimizda tomosha qiling.