Orient Finans Bankning reytinglari B+/B darajasida tasdiqlandi
S&P Global Ratings xalqaro reyting agentligi Orient Finans Bankning reyting prognozini «Barqaror»dan «Ijobiy»ga ko'tardi va B+/B darajasini tasdiqladi. Bunda bankning aktivlari sifatining barqarorligi, yaxshi operatsion ko'rsatkichlari va foyda keltirvchi o'sishi qayd etildi.
S&P prognozlariga ko'ra, 2025-2027 yillarda Orient Finans Bank yuqori kapital darajasini saqlab qoladi va bank sektorining o'rtacha ko'rsatkichlaridan yuqori natijalar ko'rsatishni davom ettiradi.
2023 yil dekabr oyida S&P Global Ratings XATB "Orient Finans" bankning uzoq muddatli reytingi "B+" - "Barqarorga" tasdiqladi.
Reytinglarning oshirilishi XATB "Orient Finans" kapitalining ahamiyatli darajada ko‘payishini aks ettiradi, buning sababi bo‘lib, bankning yuqori moliyaviy ko'rsatkichlari va kreditlashning me'yorlashtirilgan sur'atdagi o'sishi hisoblanadi.