OFB mobil ilovasi
Bank bilan aloqa

Murojaat tartibi

Hurmatli foydalanuvchilar!

Siz uchun murojaatnomalarni elektron shaklda bevosita “Orient Finans” XATB Boshqaruvi Raisiga jo’natish imkoniyati yaratilmoqda. Bunda, siz tomondan jo’natilgan murojaatnoma rasmiy hisoblanadi. Shu bois quyidagilarni yodingizdan chiqarmasligingizni so’raymiz:

  • Agarda siz jismoniy shaxs sifatida murojaat etayotgan bo’lsangiz, familiyangizni (ismingizni, otangizni ismini) ko’rsatishingiz, yashash joyingiz haqida ma’lumot va murojaatnomaning mazmuni bayon etilgan bo’lishi kerak.Yuridik shaxsning murojaatnomasida yuridik shaxsning to’liq ismi, joylashish manzili haqida ma’lumot (pochta manzili) va murojaatnomaning mazmuni bayon etilgan bo’lishi kerak.
  • Diqqat, e’tibor bering! Tuhmat, haqorat va yolg’on xabarlarni o’z ichiga olgan murojaatnomalarni jo’natish taqiqlanadi.

Shuningdek, Sizga murojaatnomangizni ko’rib chiqilishi quyidagilar asosida rad etilishi mumkinligini yodingizga solmoqchimiz:

  • xabarning mazmuni odobsiz tarzda bo’lsa (beodob yoki haqorat iboralar, po’pisa, ma’no, mantiqsiz takliflar va boshqalar);
  • xabar matni tushunarsiz qisqartirishlar yoki reklama materiallaridan iborat bo’lsa, aniq bayonot, shikoyat va takliflarni o’z ichiga olmagan bo’lsa.
  • Shuningdek, bir hil foydalanuvchining bergan savoliga ko’p marotaba javob berilgan, agar murojaatnomada yangi dalil vas shart-sharoitlar keltirilmagan bo’lsa, murojaatnoma ko’rib chiqilmaydi.

Mazkur talablar O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchilik hujjatlaridan kelib chiqqan holda belgilangan.