OFB mobil ilovasi

Tenderlar va tanlovlar

TENDER: «Navoiy Bank Xizmatlari Markazi» binosini qurilish ishlarini bajarish uchun pudratchi tashkilotni tanlash

Arizani taqdim qilish muddati 2021 yil 11 iyun soat 18-00 ga qadar

“Orient Finans” xususiy aksiyadorlik tijorat banki «Navoiy Bank Xizmatlari Markazi» binosini qurilish ishlarini bajarish uchun pudratchi tashkilotni tanlash» bo’iyicha tender e'lon qiladi.

Tender hujjatlarini, Tender qatnashchisining yozma murojaati xatiga asosan va muhr bilan tasdiqlangan davlat royxatidan o'tkazilganligi to’grisidagi guvoxnomasi taqdim qilinganda, O'zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Osiyo kochasi 5, manzilda joylashgan Bankning Bosh ofisi binosidan (tel: +99871 205-55-55, ichki - 5202) olish mumkin.

Tender buyurtmasi (zayavka), tender hujjati talablariga muvofiq rus tilida to’ldirib, muhrlangan kovertda 2021 yil 11 iyun soat 18-00 ga qadar Bankning Tender qo'mitasiga taqdim qilinishi lozim.

Tender buyurtmasining konverti 2021 yil 14 iyunda Bankning Bosh ofisida ochiladi.

Tender bo'yicha boshlang’ich narx belgilanmagan va tenderda qatnashishda tender xujjatini taqdim qilish uchun xizmat xaqi olinmaydi.


Tender hujjatlar TD-05-MB-2021.docx 166 kb