Invitation page
Biznes g`oyalaringizni amalga oshirish va investorlarni jalb qilishda Sizning yordamchingiz.

O`z biznesiga ega bo`lish haqida ko`plab odamlar orzu qiladilar, ammo kompaniyalarni faqat bir nechtalargina yaratadi. Vaholanki biznes bilan shug`ullanish uchun sabaplar ko`p: iqtisodiy muhitdagi o`zgarishlardan tortib shahsiy sabaplargacha. Biroq ayrim hollarda bu o`z malakasini ishda namoyish etishning birdan-bir imkoniyatidir. O`z biznesini mohiyat va maqsadga ega bo`lganda boshlash lozim.


“Oriyent Finans” XATB – biznes g`oyalaringizni amalga oshirishda Sizning ishonchli hamkoringiz va investitsiya loyihalarning moliyalashtirishni o`z mablag`lari hamda Halqaro moliyaviy institutlarning mablag`lari hisobidan amalga oshiradi.

  • Investitsiya loyihalarini "Oriyent Finans" XATB o`z mablag`lari hisobidan moliyalashtirishning asosiy shartlari
    Shartlar
    1. Kredit summasi – 5 mln. AQSH dollardan ortiq emas
    2. Kredit muddati – 5 yildan ko`p emas
    3. Kredit maqsadi – ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun asosiy vositalarni sotib olish, kapital qurilish, kreditlar qaytarib berishligi potensialidan kelib chiqgan holda
    4. Kredit bo`yicha foyiz stavkasi – bozor prinsiplari asosidagi kelishuv bo`yicha, shu jumladan mavjud resurslarning muddatligi, loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslaridan, kreditlar qaytarib berishligi potensialidan kelib chiqgan holda.
    5. O`z ishtirokning ulushi – loyihaning umumiy qiymatidan kamida 30%.
    6. Kredit bo`yicha garov ta`minotini – kredit summasining 125%dan kam bo`lmagan likvidli ta`minot.
  • Investitsiya loyihalarni Halqaro moliyaviy institutlarning jalb qilingan mablag`larni hisobidan moliyalashtirishning asosiy shartlari.
    Shartlar
    Ayni paytda, investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun Halqaro moliyaviy institutlarning foydali zaym mablag`larini jalb qilish bo`yicha "Oriyent Finans" XATB tomonidan faol ish va muzokaralar olib borilmoqda. Halqaro moliyaviy institutlarning zaym mablag`lari shartlari haqidagi ma'lumotlar zaym bitimi imzolanib borilayotgan sari joylashtiriladi.
  • Qarzdorga qo`yiladigan asosiy talablar.
    Talablar
    1. «Oriyent Finans» XATB mintaqaviy filiallarida birlamchi hisob raqamning mavjudligi.
    2. Ijobiy kredit tarixining mavjudligi.
    3. Zararsiz ishlash va likvidsiz balansning yo`qligi.
    4. Tegishli me`yoriy hujjatlarning talablariga (TIAning taxminiy shakli) muvofiq ishlab chiqilgan loyiha TIAning mavjudligi.

    5. Bankning kredit siyosatiga muvofiq tegishali hujjatlarning taqdim etilishi.


Investorlar uchun:
Agar Siz biznes g`oyasi va inversion loyihaning egasi bo`lib, loyihangizni amalga oshirish uchun investorni jalb qilmoqchi bo`lsangiz «Oriyent Finans» XATB Sizga loyihangizni targ`ib qilishda yordamlashadi.
Investorlar uchun loyihangiz pasportini va aloqa ma'lumotlaringizni joylashtiring