OFB mobil ilovasi
21 noyabr

Firibgarlardan ehtiyot bo‘ling!

Internetda firibgarlikning yangi turi tarqaldi.

«Orient Finans» bank xodimlari niqobi ostida firibgarlar Telegram orqali odamlar bilan bog‘lanib, mikroqarz rasmiylashtirishni taklif qilishmoqda.

Ular pasport ma'lumotlari va plastik karta rekvizitlarini taqdim etishni so‘rab, shundan so‘ng SMS orqali tasdiqlash kodini yuborishadi. Ularga kodni berish orqali siz kartangizdan foydalanishga ruxsat berasiz, ular esa u yerdan barcha pullarni yechib oladilar

Bu odamlarning «Orient Finans» bank bilan hech qanday aloqasi yo‘q. Shaxsiy ma'lumotlaringizni uchinchi shaxslarga bermaslikni so‘rab qolamiz.

Savollaringiz bo‘lsa, darhol bank bilan bog‘lanib, tafsilotlarni aniqlang:
71 200 88 99
94 655 88 99
@OfbSupport