"Oriyent Finans" xususiy aksiyadorlik tijorat bankining Toshkent shahar Yakkasaroy tumanida ikkita filiali faoliyat yuritib kelayotganligini e'tiborga olib, Bank infratuzilmasi samaradorligini yanada oshirish, shuningdek tumanlarda filiallar joylashuvini muvofiqlashtirish, ularning faoliyatini takomillashtirish, rentabelligini oshirish va mijozlarga sifatli xizmat ko`rsatish maqsadida, Bank Kengashining (2019 yil 16 yanvardagi 8-sonli bayonnoma) qarori bilan Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Kichik xalqa yo`li ko`chasi 87 "G" uy manzilida ro`yxatdan o`tgan Yakkasaroy filiali Mirobod tumani, Yakub Kolas ko`chasi, 7 A-uy manzilida joylashgan Mirobod filialiga birlashtirish orqali tugatilmoqda
Shu munosabat bilan, "Oriyent Finans" XATB Yakkasaroy filiali omonatchilari, kreditorlari va mijozlari Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Kichik xalqa yo`li ko`chasi 87 "G" uy manziliga kelishlari hamda Bankning Mirobod filialiga o`z hisob raqamlarini olib o`tishlari uchun zarur hujjatlarni rasmiylashtirishlarini so`raymiz.
"Oriyent Finans" XATB