OFB mobil ilovasi
5 noyabr

Orient Finans Bank O'zbekistonda mijozlarga birgina teginish bilan xaridlarni amalga oshirishga imkon beruvchi VISA xalqaro kartalari bilan innovatsiyaviy kontaktsiz texnologiyani joriy etgan ilk bankga aylandi.

"Orient Finans Bank" O'zbekistonda mijozlarga birgina teginish bilan xaridlarni amalga oshirishga imkon beruvchi VISA xalqaro kartalari bilan innovatsiyaviy kontaktsiz texnologiyani joriy etgan ilk bankga aylandi.

VISA kontaktsiz kartasini POS- terninaldagi o'qiydigan moslamaga yaqin olib kelsangiz bas, xarid to'langan sanaladi. Ushbu texnologiyadan VISA kartasiga kontaktsiz to'lov yorlig'i bo'lsa, foydalanish mumkin.

Endi VISA kontaktsiz kartalari sohiblari bank terminallari o'rnatilgan barcha savdo-xizmat ko'rsatish tashkilotlarida xizmatlardan foydalanishlari mumkin.