OFB mobil ilovasi
8 noyabr

"ORIENT" jamoasi - voleybol bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining barcha kuboklari sohibi.

2018-yilning 7-noyabrida Namangan shahrida voleybol bo‘yicha Oliy Liganing erkaklar jamoalari o‘rtasidagi XIII O‘zbekiston Respublikasi Kubogi yakuniga yetdi. Kubokni qo‘lga kiritish uchun kechgan final bahsida ORIENT jamoasi OKMK (Olmaliq) jamoasini 3:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, g‘alabaga erishdi.

ORIENT jamoasi 2011-yilda tashkil topgan. U 2012-yildayoq 17-O‘z.Res. Kubogi bronza medali sohibi va 2012-2013-yilgi mavsum vitse-chempioni bo‘lish orqali o‘zini namoyon qilishning uddasidan chiqdi.

Jamoa yildan yilga o‘z g‘alabalari sonini ko‘paytirib bordi. Hozirda ORIENT voleybol jamoasi 5 karra O‘z.Res. Chempioni, 2 karra O‘z.Res. Kubogi chempioni va 4 karra erkaklar o‘rtasida O‘z.Res. Federatsiyasi Kubogi chempioni hisoblanadi.

Bugungi kunga kelib ORIENT jamoasi jamg‘armasida voleybol bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining har uchchala Kubogi mavjud.