11-noyabr kuni “Orient Finans” bank bosh ofisida Rossiyalik dizayner hamda uning jamoasi tomonidan yaratilgan saytning taqdimoti boʻlib oʻtdi.
Taqdimotni Bank Kengashi raisi S.Poʻlatov kirish soʻzi bilan ochib bergan holda Lebedev studiyasi va bank oʻrtasida yoʻlga qoʻyilgan hamkorlik aloqalari haqida qisqacha ma’lumot berib oʻtdi. Aytish kerakki, “Orient Finans” sayti dizaynerning Oʻzbekistondagi ilk loyihasi sanaladi.
Дальше их будет больше, но все запомнят именно первый», — сказал председатель в своей речи.
“Shuni faxr bilan tilga olishim mumkinki, ushbu loyiha mijozlarning qulayligi nuqtai-nazaridan olib qaraganda nihoyatda oʻziga xos loyiha sanaladi. Lebedev jamoasiga ushbu muvaffaqiyatli ish uchun minnatdorchilik izhor etaman. Artemiy ta’kidlab oʻtganidek, hozircha yurtimizda bunday sayt ishlanmasi mavjud emas. Buni ilk osmonoʻpar binoga qiyoslash mumkin. Keyinchalik ular yana-da koʻproq boʻlishiga ishonaman, ammo birinchisi, baribir, birinchidir”.
Studiya loyihalari rahbari Olga Pismerova oʻz taqdimotida jamoaning sayt ishlanmasiga yondoshuviga alohida urgʻu berib oʻtdi. Uning ishlanmada zamonaviy bank tendensiyalari hamda mijozlar uchun maksimal darajada qulaylik yaratuvchi prinsiplar inobatga olingan.Studiya oldida insonlarning hayotini yengillashtirish orqali bank mahsuloti yordamida maqsadlariga yetishlarini ta’minlaydigan sayt yaratish vazifasi turgan edi. Shu sababli sayt yaratuvchilari ortiqcha jihatlardan voz kechgan holda bor e’tiborlarini mijozlarning ehtiyojlariga qaratishdi. Saytdagi ma’lumotlar ketma-ketligi shunday tartibdaki, unda foydalanuvchi kerakli xizmat uchun soʻrov qoldirgan holda tanishishdan asosiy maqsadi tomon harakatlanadi. Ekranda qulay oʻqiladigan ma’lumotlar hajmini koʻrish mumkin.
“Yakunda mijoz kreditga emas, balki mashina, xonadon yoki oʻgʻlining toʻyini qilishga ehtiyoj sezadi. Shu sababli biz sayt mazmunini shunday hosil qildikki, u boshidanoq bank amalga tatbiq eta oladigan istaklarning real namunalarini koʻrsatadi”, deya ta’kidladi Olga.
Taqdimotning eng kutilgan mehmoni Rossiyalik dizayner Artemiy Lebedev edi. U, oʻz navbatida, saytni progressiv, universal va koʻpfunksiyali ekanligini e’tirof etdi.
Studiya rahbarining aytishicha, studiya, masalan, huddi shunday ishlanmani yirik AQSh banki uchun ham qilishi mumkin edi. Ya’ni amalga oshirilgan ishning sifati bank va mijozning oʻzaro munosabatlarini mavqe jihatdan sezilarli darajada koʻtardi.
“Biz ushbu loyiha ustida bir yil ishladik. Bu katta ish va jiddiy hajm. Sayt mutlaqo tengsiz, deb oʻylayman. Odatda, yangi odamlar bilan suhbatlasha turib, yangi sanoatga kirganda ilk quymoq zuvalaga oʻxshaydi. Ushbu sayt esa ajoyib quymoq boʻldi, uni yeyish mumkin, hammasi oʻz oʻrnida. Bu oddiy emas, amaliy biznes-vositadir”, deya oʻz soʻzini yakunladi Lebedev.